O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite: "Osiyo Kubogida oson raqiblar bo'lmaydi"
01 avg 11:47
Yangiliklar


O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite: "Osiyo Kubogida oson raqiblar bo'lmaydi"
"Ushbu bosqichda oson raqiblar bo'lmaydi. Final bosqichiga yo'l olgan 12 jamoaning barchasi kuchli. KXDR bilan ilgari ham to'qnashganmiz, shuningdek, bu yil Xitoy bilan ham o'ynaganmiz, shu bois ularning qanday imkoniyatga ega ekanligini bilamiz.
Bangladesh biz uchun yangi raqib bo'ladi. Har bir o'yinga alohida yondashamiz. Birinchi o'yin (KXDRga qarshi) taktikasi haqida gapirishga hali erta, ammo ularning kuchli tomonlarini qanday qilib minimallashtirish va o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalanishni tahlil qilishimiz kerak", – dedi Kulbite.
"Guruhimizda bir necha bor musobaqada g'olib bo'lgan ikkita jamoa bor, ulardan biri amaldagi chempion hisoblanadi. Ularga qarshi kurashishdan mamnunmiz. Maqsadimiz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish va futbolimiz qanchalik ajoyib ekanligini namoyish etishdan iborat.
Bizning asosiy vazifamiz tirishqoqlik bilan mehnat qilish, tinimsiz shug'ullanish va barcha kuchimizni sarflab, keyingi bosqichga yo'l olish hisoblanadi", – dedi terma jamoasi futbolchisi Lyudmila Karachik.
29 iyul kungi qurada O'zbekiston "B" guruhidan joy olgan edi. Raqiblar – KXDR, Xitoy va Bangladesh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar