Ayollar futboli. Terma jamoamiz Marokashga mag'lub bo'ldi

10 okt 2026, 07:30
Ayni kunlarda O'zbekiston ayollar terma jamoasi Marokashda yig'in o'tkazmoqda.

Bugun tunda terma jamoamiz Marokashga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Diyora Xabibullaeva hisobni ochishga erishgandi. Biroq ushbu goldan so'ng mezbonlar a'zosi Ibtissam Jraidi uchta gol urdi va jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasini taminladi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini

Marokash 3:1 O'zbekiston

Diyoraxon Habibullaeva, 16 (0:1), Ibtissam Jraidi, 65 (1:1), Ibtissam Jraidi, 67 (2:1), Ibtissam Jraidi, 79 (3:1)

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA