

Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi. Hamyurtlarimiz Olimpiada yo'llanmasi uchun Yaponiya, Avstraliya va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Saralash bosqichi 2027 yilning 19 aprel kuni bashlanib, 4 dekabrga qadar davom etadi. Guruhdagi har bir terma jamoa 6 tadan o'yin o'tkazadi. Shundan 3 tasi o'z maydonida, qolgan 3 tasi esa safarda tashkil etiladi.
Reglamentga ko'ra, har ikki guruh g'olibi Los-Anjeles-2028 Olimpiada o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar esa 2028 yilning 28 fevral va 4 mart kunlari pley-off bosqichida o'zaro bellashadi. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi Argentina terma jamoasiga qarshi qitalararo saralash o'yinida ishtirok etadi.



