So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Vitaliy Levchenko: "Katta ustunlikka erishib yakunda mag'lub bo'lish juda alamli" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Katta ustunlikka erishib yakunda mag'lub bo'lish juda alamli"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Og'ir mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Katta ustunlikka erishib yakunda mag'lub bo'lish juda alamli. "Bunyodkor" himoyada ikki taym sabrli o'ynadi. Biz qaysi muammolar ustida ishlash kerakligini juda yaxshi bilamiz. Avvalo himoyadagi xatolarni to'g'rilashimiz kerak. Undan keyin hujumni gol bilan yakunlashda ham aniqlik etishmayapti. Bular ustida ishlashda davom etamiz.


- Farrux Sayfiev bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Jamoada raqobat bor. Shu bois Farrux zaxirada qoldirildi. Alisher Odilov hujumkor qanot yarim himoyachisi, Sayfiev esa himoyachi.

- Birinchi o'tkazib yuborilgan golda darvozabon xatosi ko'proqdek ko'rindi.

- O'yinni qayta ko'rib hammasini tahlil qilib chiqamiz.

-  Nega xavfli vaziyatlar golga aylanmayapti?

- Buning uchun futbolchilarda mahorat va sovuqqonlik bo'lishi kerak. Balki noto'g'ri poziciya tanlangandir.

- Omad ham etishmayapti deb o'ylaysizmi?

- Baribir futbolda omad kelmasa qiyin. Statistika bo'yicha oldinda bo'lishimiz mumkin, lekin hisobda buning aksi ko'rindi. Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Raqib himoyaviy yaxshi harakat qildi, buniyam tan olish kerak. Qolaversa "Bunyodkor" darvozaboni bir necha marta gollardan qutqarib qoldi.

- Siz boshqarayotgan "Neftchi"ning o'yini va natijalari yomon emas. Ammo har doim xunuk natijadan keyin istefoga chiqishingiz mumkinligi haqida gap-so'zlar chiqadi.

- Men murabbiyman va ishlashda davom etishim kerak. Men faqat o'z ishimni bajarish uchun bosh qotiraman. Atrofdagilar esa har xil gaplarni gapiradi va bunga tabiiy qarayman. Futbolda murabbiyning taqdiri shunaqa.



Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика