Turk Superligasida turkiyalik bo'lmagan futbolchilar to'purarlik qilmoqda
29 dek 2022 09:45
Yangiliklar
Turk Superligasida turkiyalik bo'lmagan futbolchilar to'purarlik qilmoqda
Musobaqa to'purarlar ro'yxatiga qaraydigan bo'lsak, bir qator tanish nomlarni ko'rishimiz mumkin. Eng qizig'i, yuqori o'rinlarda mahalliy futbolchilardan hech kim yo'q. “Fenerbahche”ning ekvadorlik legioneri Enner Valensiya 13 ta goli bilan jadvali peshqadami bo'lib turibdi. Undan keyingi pog'onada Otabek SHukurovning “Karagyumruk”dagi jamoadoshi italiyalik Fabio Borini bormoqda – 9 ta gol.
Kuchli o'nlik esa quyidagi ko'rinishda:
1. Enner Valensiya (Ekvador davlati vakili, “Fenerbahche” klubi) - 13 gol;
2-3. Fabio Borini (Italiya, “Karagyumruk”) – 9;
2-3. Xaji Rayt (AQSH, “Antalyaspor”) – 9;
4-5. Vaut Vegxorst (Niderlandiya, “Beshiktosh”) – 7;
4-5. Mbaye Diane (Senegal, “Karagyumruk”) – 7;
6-8. Mishi Batshuayi (Belgiya, “Fenerbahche) – 6;
6-8. Bafetimbi Gomis (Franciya, “Galatasaroy”) – 6;
6-8. Joau Vitor Figeyredo (Braziliya, “Gaziantep”) – 6;
9... Dia Saba (Isroil, “Sivasspor”), Yunes Belxanda (Marokash, “Adanademirspor”), Umut Nayir (Turkiya, “Umraniespor”), Karim Aktyurkoglu (Turkiya, “Galatasaroy”) – 5 tadan.
Fikrlar