CSKA va Abbos Fayzullaev - Rossiya Superkubogi sohibi
12 iyu 2025 22:11
Yangiliklar
CSKA va Abbos Fayzullaev - Rossiya Superkubogi sohibi
Rossiya Superkubogi - 2025 uchun o'tgan "Krasnodar" - PSKA o'yini yakuniga etdi.
Jamoalar Qozon shahridagi "Ak Bars Arena" stadionida o'zaro bahs olib borishdi.
O'yin taqdirini Moskva jamoasi tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. 48-daqiqada CSKA himoyachisi Igor Diveev burchakdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga kiritdi.
Shu tariqa CSKA Rossiya Superkubogi - 2025 g'olibiga aylandi. Klub o'z tarixida sakkizinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Faqat "Zenit" (9) Superkubokni ko'proq yutgan. "Krasnodar" klub tarixidagi ikkinchi sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatini boy berishdi. "Buqalar" o'tgan mavsum ilk bor mamlakat chempioni bo'lishdi.
"Armiyachilar" safida yarim himoyachi Abbos Fayzullaev 79-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.

O’xshash yangiliklar
02:17
Afrika Millatlar Kubogi. Osimxendan dubl, Lukmandan "gol+pas": Nigeriya Mozambikni tor-mor etdi 5
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar