Firmino uchun yangi chaqiriq: Turkiya klubi rasmiy taklif bilan chiqdi
23 iyu 21:15
Yangiliklar


Firmino uchun yangi chaqiriq: Turkiya klubi rasmiy taklif bilan chiqdi
"Al Ahli" hujumchisi Roberto Firmino Evropa klublari etiboriga tushdi.
Braziliyalik futbolchining "Al Ahli" bilan amaldagi shartnomasi 1 yildan keyin tugaydi, biroq futbolchi shu yilning yozida Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Turkiyaning "Beshiktosh" klubi "Liverpul"ning 33 yoshli sobiq futbolchisi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Roberto Firmino 2023 yildan buyon "Al Ahli"da o'ynab kelmoqda. Hujumchi o'tgan mavsum jamoa safida 31 o'yinda maydonga tushib, 12 ta to'p kiritgan hamda 10 ta golga assistentlik qilgandi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar