Shkvirin "Andijon"da
12 iyu 2025 23:58
Yangiliklar
"Joriy mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorlanishni rejalashtirgan "Andijon" jamoamizning nafaqat asosiy tarkibida, balki Maksim Shackix boshchiligidagi murabbiylar shtabida ham ayrim o'zgarishlar yuz bermoqda.
Jumladan, "Andijon"da darvozabonlar murabbiyi sifatida Nikita Shkvirin ish boshladi. Bungacha jamoamizda darvozabonlar murabbiyi vazifasida faoliyat olib borgan Qobiljon Olimjonov "Andijon" U21 da ishini davom ettiradi.
Malumot uchun, Nikita Igorevich Shkvirin 1991 yilning 23 iyun kuni Toshkentda tavallud topgan. U o'zbek futboli afsonalaridan biri Igor Shkvirinning farzandi bo'lib, futbolchilik faoliyati mobaynida OKMK va "Qizilqum" klublari sharafini himoya qilgan.
Nikita Igorevich darvozabonlar murabbiyi vazifasida 2019-2022 yillari Rossiyaning "Ximki" klubi akademiyasida faoliyat olib borgan. 2022-2024 yilgi mavsum mobaynida «Paxtakor»da ishlagan. Bungacha esa Nikita Shkvirin "Rubin" klubi akademiyasida darvozabonlar murabbiyi rolida ishlab kelgan.
Nikita Igorevich, "Andijon"ning ahil oilasiga xush kelibsiz!", — deyiladi andijonliklar xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar