So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  174 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  1 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ yarim finalda "Real"ni yanchib tashladi va finalga yo'l oldi Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ yarim finalda "Real"ni yanchib tashladi va finalga yo'l oldi

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim finali PSJ - "Real" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

PSJ - "Real" 4:0

Gollar: Fabian Ruis (6), Usmon Dembele (9), Fabian Ruis (24), Ramush (88).

PSJ: Donnarumma, Mendesh, Beraldo, Markinos, Xakimi, Ruis (Zair-Emeri, 66), Vitinya, Nevesh, Kvaracxeliya (Barkolya, 59), Dembele (Ramush, 59), Due (Mayulu, 66).

Zaxiradagilar: Safonov, Tenas, Kamara, Li Kan In, Mbaye.

Real Madrid: Kurtua, Ryudiger, Asensio (Militao, 64), Tchuameni, Vinisius Junior (Dias, 64), Gonsalo Garsiya (Karvaxal, 71), Fran Garsiya, Gyuler, Bellingem (Modrich, 64), Valverde, Mbappe.

Zaxiradagilar: Lunin, Yusi, Ramon, Vaskes, Chema, Sebalos, Kamavinga, Martin, Munos, Rodrigo.

Ogohlantirish: Tchuameni (29), Nevesh (45+2), Karvaxal (73).

YANGILASH


Marchinyak bir daqiqa ham qo'shmadi, u "Real"ga yonbosdi va beshinchi gol bo'lishni istamadi. O'yin yakunlandi! Finalda PSJ va "Chelsi" o'ynaydi.

88. GOOOOOOOLLLLL!!! PSJ "Real"ning ustidan kulib tashlagandek hujum uyushtirdi va Ramush gol urib, golini Jota uslubida nishonladi. Bugun "Real" himoyasi sochilib ketdi.

87. ZARBAAAAAA!! Militaoning zarbasini Donnarumma qaytardi!

85. Burchakdan uzatilgan to'pga Militao boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq, lekin zarba xavfli edi.

77. Garsiyaning zarbasini Donnarumma ushlab oldi.

73. UXXXXX! Hakimining super pasidan keyin Ramush darvoza tomon noaniq zarba yo'lladi.

69. Ramush tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va zarba yo'lladi, Garsiya to'pni qaytardi. Gonsalu to'pni ochiqchasiga jamoadoshidan qizg'andi. Yoki atay urgisi kelmagandir. 

68. Modrich tezda xavfli vaziyat yaratdi. Uning uzatmasidan keyin Mbappe darvoza tomon boshi bilan zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

64. Modrich maydonga tushdi. Afsonaning "Real" libosidagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin. Balki bugun so'nggisi bo'lmas, lekin bu so'nggi turnir ekanligi aniq.

61. UXXXXX!! Due "Real" darvozasi yonida zarba berishi mumkin edi. Valverde "podkati" bilan to'pni raqibidan yulib oldi.

58. Hakimining darvoza tomon uzatmasini Kurtua ushlab oldi.

57. Xvichadan o'z uslubida reyd va noaniq zarba.

53. Mbappening kuchli zarbasi tribunadagi bo'sh o'rindiqni sindirib yuborishi mumkin edi)

49. "Real" hujumga o'tdi. Biroq jamoa futbolchilari jarima maydonchasi ichiga kirsa ham darvoza tomon zarba berishni yo'llarini topa olmayapti.

48. UXXXXXXX!! PSJ to'rtinchisini urdi ham. Lekin Dembele ofsaydda qolib ketgani uchun gol hisoblanmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym boshlanishidan oldin qiziqarli faktlarni yig'dim.

Tanaffus!

45+4. UXXXXXX! Yana to'rtinchisiga sal qoldi. Mbappe bo'yi baland Kurtuaning "bo'yidan ilib qo'ymoqchi" bo'ldi. Kurtua zarbani qiyinchilik bilan qaytardi.

45+2. UXXXXXX!! Mendeshning kuchli zarbasini Kurtua qaytardi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

42. "Real" hujumga o'tdi. Valverde o'ng qanotdan to'pni darvoza yonidagi Viniga oshirmoqchi bo'ldi. Fabian Ruis vaziyatni zararsizlantirdi.

40. XVICHAAAAAA!! To'rtinchi gol bo'lishi muqarrar edi, lekin PSJ futbolchisi darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Qulay vaziyat yuzaga kelgandi.

39. Mbappe jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

37. Dezire Due hujumga o'tayotgandi. Garsiya to'pni raqibidan olib qo'ydi.

Uoter-breyk. Tomonlar suv ichib olishlari uchun taym-aut berildi.

30. PSJ hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pni himoyaga qaytgan Bellingem maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan PSJ samara chiqara olmadi.

29. Tchuameni ogohlantirildi.

Dahshat! Shunchaki dahshat! Luis Enrike qanday jamoa yaratdi? U qanday qilib shu darajaga etdi. Bu PSJning tengi yo'q.

24. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! PSJ uchinchisini, Fabian Ruis ikkinchisini urdi. "Real" himoyasi bugun "proval" holatda.

23. Mbappe PSJ darvozasi tomon zarba yo'lladi. Uning tepgan to'pi Markinosga tegib, Donnarummaning qo'llariga borib tushdi.

21. UXXXXX!! Vinisius zo'r holatga chiqib borayotgandi. Biroq u Beraldoning tezligiga ojiz qoldi va to'pni osonlik bilan oldirdi.

Aytgancha, bugun Mbappe PSJga qarshi, Hakimi esa "Real"ga qarshi o'ynamoqda.

20. Ashraf Hakimining zarbasi noaniq ketdi.

18. Xvicha chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozaga zarba berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

16. Dezire Due hujumga o'tayotgandi. Fran Garsiya to'pga ulgurdi va Due fol ishlatishga majbur bo'ldi.

13. Sokin tempda ham PSJ katta ustunlik qilmoqda. "Real"ning ushbu turnirdagi ilk mag'lubiyati oxirgisi ham bo'ladi shekilli.

12. O'yin sokinlanib qoldi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! "Real" himoyasi bugun "o'tirishda" davom etadi. Avvaliga Asensio, endi Ryudigerning qo'pol xatosidan keyin Dembele gol urib ketdi!

6. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! FABIAN RUIS! Hisob ochildi, PSJ mantiqan to'g'ri gol urmoqda, balki bu xato sababli urilgan bo'lsa-da...

5. NIMAAAAA!!! PSJ 100 foizlik vaziyatdan gol ura olmadi. Ortidan "Real" qarshi hujumga o'tib ketdi. Mbappening zarbasi himoyachilardan o'tmadi.

4. ZARBAAAAA!! Fabian Ruisning zarbasini Kurtua qaytardi. O'yindagi ilk xavfli zarba ham parijliklar tomonidan berildi.

3. Uchrashuvdagi ilk zarba Xvicha tomonidan berildi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

2. "Real" hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishladi. Standartdan foyda chiqmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Mashhur boks suhandoni Uorren Baffet ham maydonda ko'rinish berdi va bokscha uslubda jamoalarni tanishtirdi. Chiroyli ko'rinish ko'rdik.

- Nihoyat, jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Bahs start olish arafasida.

- Jamoalar maydonga chiqib kelish arafasida jahon futbolining sobiq yulduzlari ekranda ko'rsatilmoqda.

- Bahs 10 daqiqa kechroq boshlanadi. Bunga stadion yaqinida bo'lgan yo'l-transport hodisasi sabab bo'lgani aytilmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finalidan oldingi finali startiga oz vaqt qolmoqda!

Reyting: +15   

Fikrlar

+31   
10 iyu 00:35:23
????Ж.А.А.
Даврон учун ўта оғриқли шарх. Керакмиди шу ;)
+26   
10 iyu 00:38:52
Mr Azimov
Davron Fayziev 3-0 dan keyin haliyam umidvor cameback bo‘larmikin deb. Kayfiyati tushib ketti jamoasi ho‘rlanganiga
+12   
10 iyu 00:41:52
Muslihiddin Fazliddinov
Zaybale realimga bitta boshqa toʻp beringla anavi bachala bermayapti toʻpni kamandamga
+10   
10 iyu 00:43:36
Уз Уз
ИНТЕР МИАМИ БИЛАН ОЙИНДА 4:0 КУЛИШГАНДИНГ БУ РЕАЛИНГ ХАМ МИАМИДАН ФАРКИ ЁК ЭКАН хД,))
+10   
10 iyu 00:42:08
Ruslan
Bu PSJ ga Barsa bas kelmasa boshqa komandalar bas kelaolmaskan. Shunchaki Realni yosh bola qivotti
+10   
10 iyu 00:38:25
Odiljon Rasulov
Реални ачасини Учкургондан курсатмокдаку ПСЖ
+10   
10 iyu 00:21:55
Sarvar
Bu ketishda Interni taqdiri Realga ham tushadi shekilli
+9   
10 iyu 00:38:52
Jasur Uzb
Intermayami ham bunaqa xor bomagandi.
+8   
10 iyu 00:45:28
Мансур
Бу ПСЖга Барсадан бошқаси бас келолмайди дейман)))
+8   
10 iyu 00:21:59
Jasur Uzb
Beyl folbin
+7   
10 iyu 01:01:40
Рома
Даврон 3-0 дан кейин 2 тайм реал бошка жамоа булиб уйнайди деяпти Перес эса самалетни учувчисига самалетни маторини киздириб утир Тезлик бн Мадридга кайтамиз ЕБ куйдик деб телф килиб куйган аслида.
+7   
10 iyu 00:57:21
Shuxratcik Fcb
Jiyanim Real yutadi deb garov uynagandi Kal buladigan buldida
+7   
10 iyu 00:37:31
Miliarderr
Реални шу сайтдаги 10-15 итвачча мухлислари баттар бўлларинг хахахахахахахах. Энрикеда Барсани қони борда қонатиб ташаябди))))
+7   
10 iyu 00:26:42
Уз Уз
бу реал барса эмас ремонтада киладган реалчилар борми огрик???
+6   
10 iyu 01:29:38
Sho‘rchidan
Davron yig‘ishtir karam sho‘rvangni. Ket tv dan. Uyingda qisib o‘tir, realingga balet qilib. Axmoq faqat real o‘ynamayapti. Anu Psj 3-0 ga yutyapti debil.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика