"Liverpul" futbolchisi "Real"ga o'tishga tayyor
12 iyu 20:48
Yangiliklar


"Liverpul" futbolchisi "Real"ga o'tishga tayyor
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate klubni tark etishga tayyorligini bildirdi.
26 yoshli francuz "qizillar" rahbariyatiga Madridning "Real" klubiga o'tgan taqdirdagina ketish haqida o'ylashini aytgan.
"Liverpul" 2026 yilning yozida shartnomasi tugaydigan futbolchini sotish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Rahbariyat klubni tekinga tark etgan Trent Aleksander-Arnold bilan bog'liq vaziyat takrorlanishidan xavfsiramoqda.
Konate 2021 yilda "Liverpul"ga o'tgan. U 2024/25 yilgi mavsum 42 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 60 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar