


"Men endigina 20 yoshdaman, shuning uchun voqealar rivojini kuzatamiz. Shunchaki o'ynashni, baxtli bo'lishni va jamoadoshlarimga yordam berishni xohlayman. Yanvarda nima bo'lishini bilmayman, hammasi Xudoning irodasi bilan. Faqat faoliyatim uchun nima yaxshiroq bo'lsa, shuni so'rayman. Peshonaga yozilgani bo'ladi. Men yerda mustahkam turib, bor kuchimni berishda davom etaman. Madrid - ajoyib shahar, oilam shu yerda, lekin men har doim faoliyatim rivoji uchun zarur bo'lgan barcha ishni qilaman.
Mourinyuga qattiq ishonaman. U men bilan har kuni bog'lanadi, futbol haqida gaplashish uchun emas, balki shaxsiy hayotimda ishlarim qanday ketayotganini bilish uchun. Har doim "Real" uchun bor kuchimni beraman, chunki klub - hamma narsadan ustun, biroq Mourinyu menga ko'rsatayotgan g'amxo'rlik va e'tibor tufayli bor imkoniyatimni ishga solish uchun yanada ko'proq ishtiyoq paydo bo'lmoqda", – deya Endrikning so'zlarini keltiradi “Globo”.
Braziliyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali o'yinchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.



