So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

"Navbahor", "Dinamo", "Buxoro"ga jarima va yana ko'plab qarorlar – Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi tafsilotlari Yangiliklar

"Navbahor", "Dinamo", "Buxoro"ga jarima va yana ko'plab qarorlar – Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi tafsilotlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.


Superliga

“So'g'diyona” — “Buxoro”

O'zbekiston Superligasining 11-turi doirasidagi “So'g'diyona” — “Buxoro” uchrashuvidan so'ng “Buxoro” jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullaev tunnelga kirish mobaynida muxlislarga qarata nomaqbul ishoralar ko'rsatgani va provokacion harakatlar qilgani muxlislarning noroziligiga sabab bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shirinboy Abdullaevga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “So'g'diyona”

O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan “Qizilqum” — “So'g'diyona” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “So'g'diyona” jamoasi futbolchisi Otabek Ahadov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog'ini bosganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Otabek Ahadovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.


OKMK — “Sho'rtan”

Superliganing 12-turi doirasidagi OKMK — “Sho'rtan” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Sho'rtan” jamoasi futbolchisi Asadbek Saidxonov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Asadbek Saidxonovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Xorazm” — “Dinamo”

12-tur doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Shahrom Samiev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahrom Samievga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Mashal” — “Nasaf”

13-tur doirasidagi “Mashal” — “Nasaf” uchrashuvining 90-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Sardorbek Bahromov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sardorbek Bahromovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Neftchi” — “Buxoro”

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “Neftchi” — “Buxoro” uchrashuvining 19-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Sardor Qulmatov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sardor Qulmatovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Buxoro” jamoasi murabbiyi Ulug'bek Bakaev yordamchi hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ulug'bek Bakaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Sho'rtan” — “Surxon”

13-tur doirasidagi “Sho'rtan” — “Surxon” uchrashuvining 33-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatullox Xamidjonov to'psiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sunnatullox Xamidjonovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Jamaldin Xodjaniazov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jamaldin Xodjaniazovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida “Sho'rtan” jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuxammadov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Sho'rtan” jamoasi futbolchisi Shahboz Nuriddinov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahboz Nuriddinovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Navbahor” — OKMK

13-tur doirasidagi “Navbahor” — OKMK uchrashuvining 6-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Islom To'xtaxo'jaevga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Ali Abdurahmonov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ali Abdurahmonovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv komissarining bildirgisiga ko'ra, “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik holati aniqlangan. Xususan, “Navbahor” jamoasi bu borada ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygan; fotomuxbir va to'p olib beruvchi bolalar uchun stullar etarli bo'lmagan, komissar xonasida WiFi bo'lsa ham internet mavjud bo'lmagan, uchrashuv tugashi bilan muxlislarni maydonga va texnik zonaga kirishiga yo'l qo'yilgan, jamoa futbolchilari uchrashuvdan so'ng miks zonadan harakatlanmagan va uchrashuv mobaynida to'p olib beruvchi bolalar to'plarni yashirishga uringan va to'pni uzatmaslik harakatlari aniqlangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Navbahor lochinlari” jamoasiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor” — “Qo'qon-1912”

13-tur doirasidagi “Paxtakor” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Beshimov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahzod Beshimovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” — “Sho'rtan”

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Buxoro” — “Sho'rtan” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Sho'rtan” jamoasi futbolchisi Ulug'bek Xudoyberdiev to'psiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga oyog'i bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ulug'bek Xudoyberdievga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Xorazm” — “Andijon”

14-tur doirasidagi “Xorazm” — “Andijon” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Eldor Adhamov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Neftchi” — “Buxoro”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.20 — bandida klub vakili uchun licenziya musobaqada ishtirok etish va tegishli zonaga kirish huquqini beruvchi yagona hujjat hisoblanadi. Licenziya egasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan taqdirida texnik zonaga qo'yiladi, hamda “Superliga va Proliga reglamenti”ning 23.2 — bandida hakamlik sifatiga nisbatan klubda etirozlar mavjud bo'lsa, bosh murabbiy yoki sport direktori uchrashuv yakuniga etganidan keyingi 30 daqiqa ichida bu haqda Liga komissariga malum qilishga hamda o'z etirozini uchrashuv qaydnomasida imzolashni talab qilishga haqli etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro” jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan murabbiyni matbuot anjumaniga kiritgan hamda hakamlik bo'yicha etiroz qilish tartibiga amal qilmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Buxoro” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Dinamo” — “Bunyodkor”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Dinamo” jamoasi VAR mashinasi va texnik hududlarni xavfsizligini etarli darajada taminlab bera olmagan, yani texnik hududda va futbolchilar kirib chiqish tunnelida begona shaxslar bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Qo'qon-1912” — “Dinamo”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.30 — bandida uchrashuv vaqtida klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga ko'rsatma berish uchun ruxsat etiladi. Bunda bosh murabbiy chet el fuqarosi bo'lib, futbolchilar bilan muloqot uchun tarjimon yordami zarur bo'lsa, bosh murabbiy ko'rsatma berishda tarjimondan foydalanishga haqli ekani belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Dinamo” jamoasi futbolchisi Bahodir Nasimov zaxira o'rindig'ini tark etib, bir necha marotaba hakamga etiroz bildirgan hamda uchrashuv zaxira hakami va komissari tomonida bir necha bor ogohlantirishlariga bepisand munosabatda bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Bahodir Nasimovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Buxoro” — “Sho'rtan”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17 — bandida mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub o'yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir shartli ravishda taymer yoqilgan holda jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishigacha butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Buxoro” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Buxoro” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


Proliga


“Olimpik” — “Jayxun”

7-tur doirasidagi “Olimpik” — “Jayxun” uchrashuvining 88-daqiqasida “Jayxun” jamoasi murabbiyi Aybek Nurbaev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Aybek Nurbaevga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Shuhrat Daryabaev, 90+5-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Ulug'bek Bekbosinovlar o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shuhrat Daryabaev va Ulug'bek Bekbosinovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Jayxun” — “Lokomotiv”

Proliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Jayxun” — “Lokomotiv” uchrashuvining 15-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Baxtiyar Arazov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Baxtiyar Arazovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Grigoriy Kolosovskiyga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Olimpik” — “Aral”

Proliganing 9-turi doirasidagi “Olimpik” — “Aral” uchrashuvining 68-daqiqasida “Aral” jamoasi murabbiyi Nagmetulla Kutibaev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nagmetulla Kutibaevga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Jayxun” — “Farg'ona DU”

9-tur doirasidagi “Jayxun” — “Farg'ona DU” uchrashuvi avvalida “Farg'ona DU” jamoasi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.4- bandini buzib, jamoa chigalyozdi mashqlarini 3 daqiqa kech tugatgani hamda tribuna osti yo'lakchasiga kech saflanishi oqibatida uchrashuv starti 2 daqiqaga kech qolgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Farg'ona DU” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik Mobiuz” — “Lokomotiv”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etib belgilangan.

Mazkur bahsda “Olimpik Mobiuz” zaxira o'rindig'iga begona shaxsning o'tirib olgani va komissarning bir necha bor talabiga qaramay ushbu shaxs zaxira o'rindig'ini tark etmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Olimpik Mobiuz” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Pavel Sinelnikov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Pavel Sinelnikovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Rahimjon Davronov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Rahimjon Davronovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Olimpik” — “Farg'ona DU”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17 — bandida mezbon klub stadion bilan kelishgan holda rasmiy uchrashuvni teletranslyaciya qilish hamda VAR tizimi uzilishlarsiz ishlashini taminlash uchun tezligi eng kamida 100 mbit/s dan bo'lgan hamda mazkur tarmoqlardan Liga talabiga ko'ra teletranslyaciyalar hamda VAR texnikalaridan boshqa manbalar foydalana olmaydigan 2 ta bir-biridan alohida internet tarmog'i taqdim etishi shart. Rasmiy uchrashuv davomida internet tarmog'idagi har qanday uzilish sabab jonli efir yoki translyaciya bilan bog'liq muammoning kelib chiqishiga bevosita mezbon klub javobgar etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Olimpik” jamoasi uchrashuvda internet uzilishi sabab translyaciyada muammolar kuzatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Olimpik” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Farg'ona DU” — “Olimpik”

Proliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Farg'ona DU” — “Olimpik” uchrashuvining 44-daqiqasida “Farg'ona DU” jamoasi futbolchisi Javohir Maqsudov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Javohir Maqsudovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Aral” — “Lokomotiv”

10-turi doirasidagi “Aral” — “Lokomotiv” uchrashuvining 63-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Boburjon Asqarov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Boburjon Asqarovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


U-21 chempionati


“Bunyodkor” — “So'g'diyona”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 — bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan bo'lsa-da, “Bunyodkor” jamoasi U21 uchrashuvi uchun berilishi kerak bo'lgan zaxira almashtirish tablosi yaroqsiz holda ekanligi va foydalanib bo'lmasligi uchrashuvda noqulaylik keltirib chiqargan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Bunyodkor” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Buxoro U21” — “Andijon U21”

12-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Andijon U21” uchrashuvining 90-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi Shohjahon Saidqulov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shohjahon Saidqulovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


OKMK U21 — “Sho'rtan U21”

12-tur doirasidagi OKMK U21 — “Sho'rtan U21” uchrashuvining 72-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Eldorbek Begimov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Eldorbek Begimovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Qizilqum U21” — “So'g'diyona U21”

12-tur doirasidagi “Qizilqum U21” — “So'g'diyona U21” uchrashuvining 32-daqiqasida “So'g'diyona U21” jamoasi futbolchisi Inomjon Abdumajidov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Inomjon Abdumajidovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Bunyodkor U21” — “Paxtakor U21”

12-tur doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 30-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mirkamol Annamatovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Mahmudjon Maxamadjonov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mahmudjon Maxamadjonovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Xorazm U21” — “Dinamo U21”

Uchrashuvning 28-daqiqasida “Dinamo U21” jamoasi futbolchisi Ravshanbek Abdumannonov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ravshanbek Abdumannonovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Andijon U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 68-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Akmaljon Muzaffarov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Akmaljon Muzaffarovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Neftchi U21” — “Buxoro U21”

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi Albert Nurullaev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Albert Nurullaevga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Mashal U21” — “Nasaf U21”

Uchrashuvning 29-daqiqasida “Mashal U21” jamoasi futbolchisi Asan Vaniev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Asan Vanievga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Paxtakor U21” — “Qo'qon-1912 U21”

U21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Qo'qon-1912 U21” uchrashuvining 67-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Qo'qon-1912 U21” jamoasi futbolchisi Jasurbek Mahmudjonov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jasurbek Mahmudjonovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Qo'qon-1912 U21” — “Dinamo U21”

U21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Qo'qon-1912 U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 60-daqiqasida “Qo'qon-1912 U21” jamoasi futbolchisi Mirziyod Mirodilov simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mirziyod Mirodilovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Nasaf U21” — “Paxtakor U21”

U21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 43-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Javohir Iskandarov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Javohir Iskandarovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi murabbiyi Anvar Rashidov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Anvar Rashidovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Muhammadqodir Hamraliev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Muhammadqodir Hamralievga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Temur Odilov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Temur Odilovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Qizilqum U21” — “Neftchi U21”

Uchrashuvning 71-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Hasanboy Umirzakov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Hasanboy Umirzakovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Shohruhbek Yoqubjonov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shohruhbek Yoqubjonovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Navbahor U21” — “Mashal U21”

Uchrashuvning 45-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi murabbiyi Sherzod Jo'raev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sherzod Jo'raevga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


OKMK U21 — “Surxon U21

Uchrashuvning 85-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Davron Merganov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Davron Merganovga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Olimpik U19” — “Qo'qon-1912 U19”

6-tur doirasidagi “Olimpik U19” — “Qo'qon-1912 U19” uchrashuvining 65-daqiqasida “Qo'qon-1912 U19” jamoasi futbolchisi Abdulaziz No'monov yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdulaziz No'monovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum U19” — “Buxoro U19”

6-tur doirasidagi “Qizilqum U19” — “Buxoro U19” uchrashuvidan so'ng “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Bekzod Xomidov hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Bekzod Xomidovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro U19” — “Surxon U19”

7-tur doirasidagi “Buxoro U19” — “Surxon U19” uchrashuvining 55-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Boxodur Nabatov to'psiz vaziyatda raqib jamoasi futbolchisining oyog'iga oyog'i bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Boxodur Nabatovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Jayxun U19” — “Aral U19”

7-tur doirasidagi “Jayxun U19” — “Aral U19” uchrashuvining 52-daqiqasida “Jayxun U19” jamoasi futbolchisi Diyorbek Fayzullaev to'psiz vaziyatda raqib jamoasi futbolchisining oyog'ini oyog'i bilan ataylab bosganligi uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Diyorbek Fayzullaevga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qo'qon-1912 U19” — “Andijon U19”

7-tur doirasidagi “Qo'qon-1912 U19” — “Andijon U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Andijon U19” jamoasi futbolchisi Abduqodir Nematov raqib jamoasi futbolchisining yuziga qo'lining kaft qismi bilan urgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abduqodir Nematovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


OKMK U19 — “Neftchi U19”

8-tur doirasidagi OKMK U19 — “Neftchi U19” uchrashuvining 90+2-daqiqasida OKMK U19 jamoasi murabbiyi Elyor Intizomov hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Elyor Intizomovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Xorazm U19” — “So'g'diyona U19”

9-tur doirasidagi “Xorazm U19” — “So'g'diyona U19” uchrashuvining 81-daqiqasida “Xorazm U19” jamoasi murabbiyi Rasulbek Atajanov hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Rasulbek Atajanovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik mobiuz U19” — “Olimpik U19”

9-tur doirasidagi “Olimpik mobiuz U19” — “Olimpik U19” uchrashuvining 72-daqiqasida “Olimpik U19” jamoasi futbolchisi Abduvohid Muratbekov raqib jamoasi futbolchisi yotgan paytida oyog'ining himoyalanmagan qismini oyog'ini tag qismi bilan bosganligi uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abduvohid Muratbekovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Jayxun U19” — “Dinamo U19”

U19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Jayxun U19” — “Dinamo U19” uchrashuvining 55-daqiqasida “Dinamo U19” jamoasi futbolchisi Sardor Murodov raqib jamoasi futbolchisi yotgan paytida tizzasi bilan bosib jarohat etkazishga uringani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sardor Murodovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.


“Sho'rtan U19” — “Aral U19”

U19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Sho'rtan U19” — “Aral U19” uchrashuvining 68-daqiqasida “Sho'rtan U19” jamoasi futbolchisi Sohibjon Yo'ldoshev to'p uchun kurashda raqib jamoasi futbolchisini yuziga qo'li bilan urgani qizil kartochka olgan.


Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sohibjon Yo'ldoshevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik U19” — “Neftchi U19”

10-tur doirasidagi “Olimpik U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 83-daqiqasida “Neftchi U19” jamoasi murabbiyi Shuhratjon Mirzaev hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.


Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shuhratjon Mirzaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo U19” — “Buxoro U19”

10-tur doirasidagi “Dinamo U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 70-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Saidmuxsin Muxsinov hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Saidmuxsin Muxsinovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga

“Navoiy akademiya” — “Qumqo'rg'on-1977”

Birinchi liga chempionatining 6-turi doirasidagi “Navoiy akademiya” — “Qumqo'rg'on-1977” uchrashuvining 74-daqiqasida “Qumqo'rg'on-1977” jamoasi futbolchisi Orzubek Bo'riev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka bilan jazolanadi. Hakamga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatib tajovuzkorona harakat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Orzubek Bo'rievga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Ahmedov FK” — “Zamin”

6-tur doirasidagi “Ahmedov FK” — “Zamin” uchrashuvining 51-daqiqasida “Ahmedov FK” jamoasi futbolchisi Amirxon Erkinov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Amirxon Erkinovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Lokomotiv-farm” — “Oqtepa”

7-tur doirasidagi “Lokomotiv-farm” — “Oqtepa” uchrashuvining 79-daqiqasida “Lokomotiv-farm” jamoasi futbolchisi Og'abek Shomurodov hakam shaniga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Og'abek Shomurodovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida “Lokomotiv-farm” jamoasi murabbiyi Sobir Usmonxo'jaev hakam shaniga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sobir Usmonxo'jaevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navoiy akademiya” — “Qiziriq”

Birinchi liga chempionatining 8-turi doirasidagi “Navoiy akademiya” — “Qiziriq” uchrashuvi 30-daqiqasida “Qiziriq” jamoasi futbolchisi Akbar Murodov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining yuziga oyog'i bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Akbar Murodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Aral akademiya” — “Kattaqo'rg'on”

8-tur doirasidagi “Aral akademiya” — “Kattaqo'rg'on” uchrashuvining 37-daqiqasida “Kattaqo'rg'on” jamoasi futbolchisi Murodjon Shamsiddinov to'psiz vaziyatda raqib futbolchisining yuziga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Murodjon Shamsiddinovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor-farm” — “Bog'dod”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.15 — bandida mezbon jamoa o'yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektor hamda Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Paxtakor-farm” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Paxtakor-farm” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Jizzax FA” — “Toshkent VFA”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.15 — bandida mezbon jamoa o'yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektor hamda Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Jizzax FA” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Jizzax FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Jizzax FA” — “Sirdaryo FA”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.15 — bandida mezbon jamoa o'yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektor hamda Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Jizzax FA” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Jizzax FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Cementchi” — “Lokomotiv BFK”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Cementchi” jamoasi uchrashuvga xavfsizlik xodimlarini o'z vaqtida taminlab bermagani sababli uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Cementchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Cementchi” — “Navbahor-farm”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Cementchi” jamoasi uchrashuvga xavfsizlik xodimlarini o'z vaqtida taminlab bermagani sababli uchrashuv 18 daqiqa kech boshlangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Cementchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro FA” — “Kattaqo'rg'on”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro FA” jamoasi uchrashuvga tez-tibbiy yordam mashinasi va xodimlarini o'z vaqtida taminlab bermagani sababli uchrashuv 24 daqiqa kech boshlangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Buxoro FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Farg'ona FA” — “OKMK-Semurg'”

“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Farg'ona FA” jamoasi uchrashuvga tez-tibbiy yordam mashinasi va xodimlarini o'z vaqtida taminlab bermagani sababli uchrashuv 15 daqiqa kech boshlangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Farg'ona FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro DU” — “Buxoro FA”

“Birinchi liga reglamenti”ning 14.9 — bandida uchrashuv qaydnomasidan Liga licenziyaga ega bo'lgan 7 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi uchun ruxsat etiladi, klub rasmiylari orasida klub shifokorining bo'lishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro DU” jamoasi uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kirgizmagan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Buxoro DU” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Namangan FA” — “Bog'dod”

“Birinchi liga reglamenti”ning 14.9 — bandida uchrashuv qaydnomasidan Liga licenziyaga ega bo'lgan 7 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi uchun ruxsat etiladi, klub rasmiylari orasida klub shifokorining bo'lishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Bog'dod” jamoasi safarga bormagan bosh murabbiyni uchrashuv qaydnomasiga kiritgan va uchrashuv komissarini aldashga uringan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Bog'dod” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Ayollar oliy ligasi

“Paxtakor-W” — “Buxoro-W”

Ayollar oliy liga chempionatining 10-turi doirasidagi “Paxtakor-W” — “Buxoro-W” uchrashuvining 21-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Diyora Jo'raboeva hakamga nisbatan tajovuzkorona harakati uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Diyora Jo'raboevaga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo-W” — “Mashal-W”

6-tur doirasidagi “Dinamo-W” — “Mashal-W” uchrashuvining 86-daqiqasida “Dinamo-W” jamoasi futbolchisi Adelya Vildanova raqib futbolchisiga nisbatan tajovuzkorona harakati uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Adelya Vildanovaga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvdan so'ng “Dinamo-W” jamoasi futbolchisi Zebiniso Rahmatullaeva hamda “Mashal-W” jamoasi futbolchisi Jozefina Vahobjonovalar o'zaro janjallashib bir birini urgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, ularning har ikkisiga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Sho'rtan-W” — “Navbahor-W”

Ayollar birinchi liga chempionatining 6-turi doirasidagi “Sho'rtan-W” — “Navbahor-W” uchrashuvining 61-daqiqasida “Sho'rtan-W” jamoasi futbolchisi Roziyabonu Ubaydullaeva to'psiz vaziyatda “Navbahor-W” jamoasi futbolchisi Madina Abdurasulovaning oyog'iga zarba bergani uchun “Navbahor-W” jamoasi futbolchisi Madina Abdurasulova ham bunga javob qaytarib futbolchining oyog'iga tepgani uchun har ikkisi ham qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, ularning har ikkisiga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Aral-W” — “Dinamo-W”

Ayollar birinchi liga chempionatining 6-turi doirasidagi “Aral-W” — “Dinamo-W” uchrashuvining 67-daqiqasida “Aral-W” jamoasi murabbiyi Rufat Babajanov hakam shaniga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Rufat Babajanovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
12 iyu 20:44:43
LG
Orzu _7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijon va Samarqand xalqini sukgan usha payt Nasafni rasmiy xodimi bulgan insonga nega chora yuq? na klubga na sukgan shaxsga. Men bu Uzb futbolidan nafratlanaman
Ichi qoralar nimaga buncha Nasafga osilib oldinglar, u yozgan so'zlarini muhlis sifatida o'zini shaxsiy profilidan yozgan rasmiy profildan yozmagan bu bilan uni tarafini olmoqchimasman shunchaki Nasafnikiga osilmanglar, tenglashtiradigan bo'lsak shu saytdagi hamma komandani saviyasiz muhlislari millatchilik qilib ota onasi xatto xududini qo'shib xaqorat qiladi bu uchun uni borib ishxonasini jazolashni imkoni yo'qku. Xar bir inson alohida shaxs uni 100% boshqarish imkonsiz xatto shimoliy koreyada ham. Qonunan olinsa Nasafdagilar uni ishdan olib xato qildi, lekin Nasaf xaqorat qilingan viloyatliklarni xurmati uchun uni ishdan olib o'zini pozitsiyasini bildirdi.
   
13 iyu 00:42:09
YAZMARKAZ
Шу ёзувларни ҳаммасини ўқиганларга қойил қолдим, ишоновринг...
   
13 iyu 00:15:46
Umid Xujanov
Salom bu deyman tartib intizim qo'mitasida bari gayi bilan soliqchilar ishlaydimi hakam sariq ko'rsatsa jarima. Muxlis nos cheksa jarima fudbolchi yugirsa jarima. Hammayoqni jarima bosib ketibdiku. Bazi klublar fudbolchilariga bazo'r oylik berayabdiku yana jarimasi nima. Jarimani to'lolmasa mibga oʻtkizib stadiondagi turni. Muxlislar oʻridigʻini musodara qiladimi shunda
   
13 iyu 00:10:41
Umid Xujanov
Salom
   
13 iyu 00:04:32
Тулкин Хайитов
Ширинбойни бир умрга четлатиш керагиди
   
12 iyu 23:01:46
Orzu _7
LG foydalanuvchining fikriga javob berish
Ichi qoralar nimaga buncha Nasafga osilib oldinglar, u yozgan so'zlarini muhlis sifatida o'zini shaxsiy profilidan yozgan rasmiy profildan yozmagan bu bilan uni tarafini olmoqchimasman shunchaki Nasafnikiga osilmanglar, tenglashtiradigan bo'lsak shu saytdagi hamma komandani saviyasiz muhlislari millatchilik qilib ota onasi xatto xududini qo'shib xaqorat qiladi bu uchun uni borib ishxonasini jazolashni imkoni yo'qku. Xar bir inson alohida shaxs uni 100% boshqarish imkonsiz xatto shimoliy koreyada ham. Qonunan olinsa Nasafdagilar uni ishdan olib xato qildi, lekin Nasaf xaqorat qilingan viloyatliklarni xurmati uchun uni ishdan olib o'zini pozitsiyasini bildirdi.
Men pxxx Nasafam boshqasiyam. Men Samarqaddan man , Samarqand xech qachon Nasafga yamon momulada bulmagan
   
12 iyu 21:48:18
Аваз Худойқулов
Жарима интизом жазосини миқдорини ҳам ёзинглар барака топкурлар, минимал иш ҳақининг 375 000 нинг нечи баробари миқдоридалигини 1 ми, 3 ми ёки 5 минимал миқдоридами жарима, шуни аниқ қилиб ёзинлар
   
12 iyu 21:43:22
BOBIRBEK_URINOV⚽️
LG foydalanuvchining fikriga javob berish
Ichi qoralar nimaga buncha Nasafga osilib oldinglar, u yozgan so'zlarini muhlis sifatida o'zini shaxsiy profilidan yozgan rasmiy profildan yozmagan bu bilan uni tarafini olmoqchimasman shunchaki Nasafnikiga osilmanglar, tenglashtiradigan bo'lsak shu saytdagi hamma komandani saviyasiz muhlislari millatchilik qilib ota onasi xatto xududini qo'shib xaqorat qiladi bu uchun uni borib ishxonasini jazolashni imkoni yo'qku. Xar bir inson alohida shaxs uni 100% boshqarish imkonsiz xatto shimoliy koreyada ham. Qonunan olinsa Nasafdagilar uni ishdan olib xato qildi, lekin Nasaf xaqorat qilingan viloyatliklarni xurmati uchun uni ishdan olib o'zini pozitsiyasini bildirdi.
Булар шунака !Насаф итарганидан кейин нима хам килаоларди? Огзига зур беришадида...
   
12 iyu 21:41:59
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Orzu _7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijon va Samarqand xalqini sukgan usha payt Nasafni rasmiy xodimi bulgan insonga nega chora yuq? na klubga na sukgan shaxsga. Men bu Uzb futbolidan nafratlanaman
Чора берилдику! Аслида сукиб, балким тугри килгандир... сабаби Андижон Самарканд мухлислари Насафни канаканги хакоратлади буларга чора йукми??? Навбахорчиларчи??? Ичларида яшириб юришган барча захрини сочдику...
-1   
12 iyu 20:00:02
Orzu _7
Xaromdan xazar qilmaydigan UFA. Butun bir viloyatni onagni sssss deb suksa bu xaromxurlar jim. Uyin vaqtni chuzsa jarima ekan. ????????????????❌
-1   
12 iyu 19:57:11
Orzu _7
Andijon va Samarqand xalqini sukgan usha payt Nasafni rasmiy xodimi bulgan insonga nega chora yuq? na klubga na sukgan shaxsga. Men bu Uzb futbolidan nafratlanaman
-1   
12 iyu 19:19:27
Жамшид Jamshid
Жамоалар бош муррабийи йук бор деб ку́рсатишган шарманда
-1   
12 iyu 19:03:01
Жамшид Jamshid
Нефтчи бухоро у́йини хакамига ту́гри гапирди Бакоев хакикат учун жарима. Кискаси хамма йок жарима уже чарчатди жарималар халки
-1   
12 iyu 18:59:23
Жамшид Jamshid
Футболда хам хаётдагидей милицияга этироз килдириб бу́йсинмагани учун жарима бор футболда хам кискаси бутун.
-1   
12 iyu 18:56:37
IzzaTilloh Foziljonov
Shu yerga ham Andijonni tiqibdi qoyil
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика