

Birinchi bo'limda "rossoneri" yarim himoyachisi Adrien Rabo golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, 31 yoshli fransiyalik futbolchi 2004 yildan buyon A Seriyaning ketma-ket ettita o'yinida gol urgan yoki golli uzatma bergan "Milan"ning ilk yarim himoyachisiga aylandi. Bu haqda “Opta” statistik xizmati xabar bermoqda.
Klub safida ushbu ko'rsatkichga erishgan so'nggi futbolchi braziliyalik Kaka bo'lgan edi - u 2004 yilda ketma-ket ettita uchrashuvda samarali harakatlarni amalga oshirgan.



