Musialaning tovon puli ma'lum

Sherzod Nurmatov
23 noya 2026, 13:20
"Bavariya" yarim himoyachi Jamol Musialaning sog'lig'idagi muammolar va yuqori maoshi sababli uning klubdagi kelajagini shubha ostiga qo'ymoqda.

Bu haqda “TalkSport” xabar berdi.

Klub kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Xaync Rummenigge 23 yoshli futbolchining katta maoshi (yiliga taxminan 25 mln evro) va sog'lig'ini inobatga olib, klub uning shartnomasi borasida bir qarorga kelishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, Musialaning avvalgi darajasiga qaytishi qiyin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda oyoq sinishidan tuzalgan futbolchiga yozda ketma-ket hushdan ketishlardan so'ng nevrologik kasallik tashxisi qo'yilgandi. Joriy mavsumda 5 ta o'yinda 5 ta gol va 1 ta assist qayd etgan Jamol 18 noyabr kungi mashg'ulotda yana hushini yo'qotdi.

Nemis OAVga ko'ra, Musialaning 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasida 2027 yil yozida faollashadigan 175 million evrolik tovon puli bandi mavjud. Ushbu vaziyat ortidan Premer-liganing "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari vaziyatni kuzatib bormoqda.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, hozircha Musialaning o'zi ketishni rejalashtirmayapti, biroq rahbariyat tomonidan bosim davom etsa, transfer varianti istisno etilmaydi. Transfermarkt portali futbolchini 80 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport