O'zbekiston Rossiyaga qarshi javob uchrashuvida qatnashishi mumkin

admin
23 noya 2026, 15:55
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo'limi boshlig'i Usmon Toshev Rossiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida javob o'rtoqlik o'yinini o'tkazish rejalari haqida gapirdi.

- Rossiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi javob o'rtoqlik uchrashuvini endi Rossiya Federatsiyasi hududida o'tkazish rejalashtirilmoqdami?

- Ha, albatta, biz Rossiya bilan barcha darajalarda o'ynashni rejalashtiryapmiz. Agar adashmasam, hozir 20 yoshgacha bo'lgan qizlar terma jamoalari o'rtasida ham o'yin o'tkazishga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Erkaklar milliy terma jamoalariga kelsak, albatta O'zbekiston va Rossiya o'rtasida o'rtoqlik bahslarini o'tkazishda davom etishni rejalashtirganmiz. Faqat Osiyo Kubogining bekor qilinishi rejalarimizni o'zgartirib yubordi, shu sababli hozir taqvimni qayta ko'rib chiqishga to'g'ri kelmoqda. Biz barcha rejalarimiz va taqvimni qayta tuzib chiqamiz. Shubhasiz, Rossiya bilan yana o'ynashni rejalashtiryapmiz. Asosiy jamoalarimizning javob o'yini Rossiya Federatsiyasi hududida o'tkazilishi mumkin”, – dedi Toshev “Sport24” muxbiri Vladislav Shapiro bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilning 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Rossiya terma jamoasi O'zbekiston ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar

adminMuallif
Manba: Sport24