

"Sahro lochinlari" bilan kechgan avvalgi 12 ta o'yinda O'zbekiston terma jamoasi libosida 13 nafar futbolchi raqib darvozasiga 15 ta to'p kiritgan. Bu borada to'purarlar safini Igor Shkvirin va Sardor Rashidov 2 tadan gol bilan boshqarib turibdi. Saudiya Arabistonida esa Muhammad Al Shalhub 3 ta, Sami Al Jaber 3 ta, Saad Al Xarti 2 ta gol bilan o'zaro o'yinlardagi umumiy to'purarlar ro'yxatida yetakchilik qilyapti.
Igor Shkvirin 2
Sardor Rashidov 2
Sergey Lebedev 1
Mirjalol Qosimov 1
Aleksandr Geynrix 1
Anvar Soliev 1
Pavel Solomin 1
Timur Kapadze 1
Server Jeparov 1
Maksim Shackix 1
Vohid Shodiev 1
Eldor Shomurodov 1
Otabek Shukurov 1
Saudiya Arabistoni bilan bahs soat 20:30 da start oladi.



