Akmal Shorahmedov: "Rossiya bilan hech qanday taktik yangilik ko'rmadim, kuchli raqiblar bilan o'yinlar oxirgi daqiqalarda hal bo'ladi"

Iskandarov Abdulaziz
17 noya 2026, 15:20
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun FIFA kunlaridan o'rin olgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Dastlabki bahsda Rossiyani qabul qilgan "oq bo'rilar" 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endilikda hamyurtlarimiz Saudiya Arabistoni terma jamoasi sinovidan o'tishiga to'g'ri keladi. Mazkur qarama-qarshilik oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Akmal Shorahmedov fikrlarini bildirdi.

3.jpg

"Rossiya bilan o'yinni to'liq stadiondan ko'rdim. Men futbolga boshqacha qarayman, jurnalistlar boshqacha boqadi. Ochig'i, hech qanday taktik yangiliklar ko'rganim yo'q. Legioner futbolchilarimiz yaxshi holatda, lekin tarkibimizda ularga raqobat tug'diradigan futbolchilar kam. Hech kim raqobat tug'dira olmayapti, ayniqsa o'rta chizig'imizda bu yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Kimdir jarohat olsa o'rnini to'ldira olmaydi. Rossiyaning o'rta chizig'i ayniqsa Batrakov yaxshi taassurot qoldirdi.

Bitta tarkibda yomon emasmiz, ammo raqiblar 4-5 nafar futbolchisini almashtirmoqda. Bu tomonlama qiyin bo'ladi, shuning uchun 20 talik tarkibni birga kuchaytirish kerak.

Kuchli jamoalar bilan o'yinlar ko'pincha oxirgi daqiqalarda hal bo'ladi. Birinchi bo'limda jamoalar bir-birini o'rganadi, extiyotkorlik bilan o'ynaydi. Ikkinchi bo'limda o'yin ochilganda zaxiralar katta sahnaga chiqadi", – deydi Akmal Shorahmedov.

O'xshash yangiliklar

Iskandarov AbdulazizMuallif