


“Faoliyati davomida Andijonning “Andijon”, Toshkentning “Lokomotiv”, Termizning “Surxon” jamoalarida ishlagan tajribali mutaxassis Akmal Shorahmedov endilikda klubimizda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish yuritadi.
Klubimiz rahbariyati bu murabbiy bilan yil yakunigacha shartnoma imzoladi”, – deyiladi “Qizilqum” matbuot xizmati xabarida.



