"Arsenal" yangi transfer bo'yicha "Valensiya" bilan kelishuvga yaqin
27 iyu 16:37
Yangiliklar


"Arsenal" yangi transfer bo'yicha "Valensiya" bilan kelishuvga yaqin
"Arsenal" "Valensiya" himoyachisi Kristian Moskeraning transferiga qiziqmoqda, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano.
Manbaga ko'ra, bugun 21 yoshni qarshi olgan ispaniyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tishga tayyor va allaqachon transferga rozilik bergan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yaqin orada davom etishi kutilmoqda.
Avvalroq Moskeraga PSJ ham qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Moskera 2024/25 yilgi mavsum "Valensiya" safida barcha musobaqalarda 41 o'yinda 1 ta gol urgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 30 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar