"Milan" yosh ispan futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
21 iyu 21:38
Yangiliklar


"Milan" yosh ispan futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Milan" Xavi Gerra uchun "Valensiya"ga 16+4 mln evro taklif qildi.
Ispan klubi bu taklifni rad etdi va 22 yoshli xavbek uchun 30 million evro atrofida pul talab qildi. Ushbu mablag'ning 30 foizi Gerra 2019 yilda yoshlar jamoasidan o'tgan "Vilyarreal"ga tegadi.
Qayd etilishicha, "Milan" o'yinchini sotib olishga jiddiy bel bog'lagan va ikkinchi taklifni tayyorlamoqda.
Gerra o'tgan mavsum "Valensiya" safida La Ligada 36 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Hozirda yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi safida yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar