"Paxtakor" darvozasiga urilgan gol to'g'ri bekor qilindimi? Superliganing 15-turida hakamlik muhokamasi
09 iyu 12:33
Yangiliklar


"Paxtakor" darvozasiga urilgan gol to'g'ri bekor qilindimi? Superliganing 15-turida hakamlik muhokamasi
✅ "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"
https://youtu.be/YpkxXObQZZo?t=48
Hakam penaltini "So'g'diyona" foydasiga to'g'ri belgiladi. Bu erda biz ehtiyotsizlikdan "klassik" folni ko'ramiz. "So'g'diyona" hujumchisi to'xtab, harakat yo'nalishini keskin o'zgartirib, to'pni o'z ostiga olib qo'yganidan so'ng, "Qo'qon-1912" himoyachisi o'ylamasdan harakat qiladi va chap oyog'i bilan hujumchining o'ng oyog'iga zarba berdi va to'pga o'ynamadi. Kartochkalarsiz penalti.
❌ "Surxon" - "Buxoro"
https://youtu.be/pXr4axQudwA?t=118
Bu erda "Buxoro" foydasiga penalti belgilanishi kerak edi. "Surxon" futbolchisi oldinda tavakkal qilib podkat qiladi. Sakrash fazasi bor, oyoq uzatilgan, u maysada cho'zilmaydi, balki jarohat etkazish xavfi bilan yuqoridan pastga harakatlanadi. Yakkakurashga kirishish intensivligi yuqori, tikanlar bor. Himoyachining xatti-harakatlarini "o'ylamay qilingan xatti-harakat" deb tavsiflash mumkin, chunki u kontaktning oqibatlarini yumshatishga harakat ham qilmaydi. VAR epizodga aralashib, bosh hakamni monitor yoniga chaqirishi kerak edi.
✅❓ "Andijon" - "Bunyodkor"
https://youtu.be/VN3icFl9Y3Q?t=183
"Bunyodkor" hujumchisi va "Andijon" himoyachisi o'rtasida qoidabuzarlik hisoblanmaydigan o'zaro va engil kontaktlar mavjud. Shundan so'ng hujumchi darvozaga zarba berish bilan o'z harakatini yakunlaydi. Tasvir sifati pastligi sabab "Andijon" darvozabonining joylashuvini aniq belgilab bo'lmayapti. Vaziyat "chegaraviy," shuning uchun hakamlarning o'yinni davom ettirish va VARning vaziyatga aralashmaslik qarorini qo'llab-quvvatlayman.
❌ "Dinamo" - "Nasaf"
https://youtu.be/Az_UCqtPpUk?t=147
Mavjud takrordan kelib chiqib, qoidabuzarlik jarima maydonchasi chizig'igacha bo'lganini his qilish mumkin. Shu bilan birga, hakamning imo-ishorasiga ko'ra, u avval jarima to'pi belgilagan, keyin esa qarorini o'zgartirgan. Yana boshqa takrorlarni ko'rsak yaxshi bo'lardi, albatta. Shuningdek, hakamning yomon poziciyasini ham qayd etaman. "Dinamo" futbolchisi maydon markaziga yaqinlashgan to'p uchun yakkakurashda g'alaba qozongach, hakam jarima maydoni tomon tezlashishi kerak edi. Epizodni "kesib" ko'rish uchun biroz chapga siljigan maqul. U turgan joydan turib, o'yinchilarning orqa tomonidagi vaziyatni ko'rdi.
Umuman, bunday vaziyatlarda qo'pollikni aniqlash assistentlarning vijdoniga havola. Ular bu chiziqni yaxshi ko'rishadi, bu ularning masuliyat zonasi. Yomon poziciyaga qaramay, bosh hakam fol qayd etdi, ammo aynan qaerda fol bo'lganini ko'rish (jarima maydoni oldidami yoki ichida) unga juda qiyin. Bu erda assistent bosh hakamga yordam berishi kerak edi.
✅ "Paxtakor" - "Navbahor"
https://youtu.be/aieO1ctYDcI?t=156
Nazarimda, hakam "Navbahor"ning golini to'g'ri bekor qilyapti, VAR esa vaziyatga to'g'ri aralashyapti. "Paxtakor" darvozaboni to'p bilan o'ynagandan so'ng, "Navbahor" hujumchisi o'ng qo'lini tirsagidan bukib, to'pni oldinga yuqoriga siljitadi, shu bilan birga to'p ustidan nazoratni qo'lga kiritadi va darhol gol uradi. Qo'l bilan o'yin bor, qo'l bilan o'ynalgan zahoti gol urilmoqda - bu qoidabuzarlik.
Shu tariqa, 15-tur o'yinlarida hakamlar ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi - "Surxon" - "Buxoro" o'yinida belgilanmagan penalti va "Dinamo" - "Nasaf" o'yinida belgilangan penalti. Shuningdek, "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvidagi epizodda ham sifatsiz translyaciya tufayli hakamning qarori to'g'ri yoki noto'g'riligini ekspertimiz aniqlay olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бу вазиятда ўйин қоидаси жарима майдони ташқарисида бузилган, бош ҳакам дастлаб жарима зарбаси белгилаган ва кейин қанот ҳакамининг берган маълумотига асосан 11 метрлик жарима зарбасини белгилаган. Чунки қанот ҳаками ўйин қоидаси жарима майдони ичида бузилди деб маълумот берган. "Динамо" - "Насаф" ўйинидаги бош ҳакам Рустам Лутфуллин ва қанот ҳаками Руслан Серазетдинов жуда паст баҳо олишган.
Ҳакамларга жуда енгил жазо тайинланган кескинроқ жазо берилиши шарт бошқаларга ўрнак бўлиши учун акс ҳолда бошқа ҳакамлар ҳам бемалол бунақа буюртмаларни бажаришлари мумкин
Ха айтганча хакамларнинг оила аъзолари хам тупурган сизга, тупукка чўкиб кетманг.