O'zbekiston U-23 terma jamoasi Shri-Lankaga qarshi qanday libosda harakat qilishi malum
02 sen 12:09
Yangiliklar


O'zbekiston U-23 terma jamoasi Shri-Lankaga qarshi qanday libosda harakat qilishi malum
Ertaga O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi "E" guruhining ilk uchrashuvida Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.
Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yo'nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing masalalari bo'yicha tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi ertangi bahsda to'liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 3 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Bishkek shahridagi "Dolen Omurzakov" stadionida start oladi.
Avvalroq milliy terma jamoalar 7SABER brendi liboslarida maydonga tushishi malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar