So’nggi yangiliklar

18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  0 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  0 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  3 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  2 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  1 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  3 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  4 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  3 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0

Otabek Narzullaev: "Bitta xato - mag'lubiyatga olib keldi" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Bitta xato - mag'lubiyatga olib keldi"

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Avvalambor Assalomu alaykum! Biz uchun muhim uchrashuv edi, bugungi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bitta xato - mag'lubiyatga olib keldi. Yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Mag'lubiyatga doim murabbiy aybdor bo'lgan. Biroq futbolchilarda ozgina shijoat bo'lishi kerak. Ammo bitta shijoatning o'zi etarli emas hozirgi vaqtimizda. Ko'proq mehnat qilish lozim. Hozirgi ahvolimizni yaxshi deb bo'lmaydi. Chunki uyda "Buxoro"ni mag'lub eta olmadik, hozir "Qizilqum"ga ham 3 ochko taqdim etdik. Hozir nima deb aytishni ham bilmayman. Mehnat qilyapmiz, yigitlarga tushuntiryapmiz. Xato qilgan barcha uchrashuvda mag'lub bo'lmoqdamiz. Agar biz xato qilmasak, mag'lubiyga uchramasdan harakat qilamiz.

Jamoalar mavsum davomida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Har ikki jamoa bir-birini juda yaxshi biladi. Ikkinchi bo'limda "Qizilqum" o'yini kuchaytirmadi, balki sizning o'zgarishlaringiz orqali "Mashal"  mag'lub bo'lgandek tuyildi...

- Biz bir birimizni juda yaxshi bilamiz. Do'stimiz Akmal ushbu jamoani boshqarib bormoqda. Bu futbol! Futbolda xato qilsayiz, mag'lub bo'lasiz. Bugungi uchrashuvga bir qator akademiya futbolchilarini olib kelgandik. Akademiya yoshlariga ham imkoniyat berishimiz kerak. Bizda ajoyib akademiya bor. Qachongacha o'zimizda yaxshi yoshlar bo'la turib, legionerlardan foydalanamiz. Mag'lubiyat bo'layotgan vaqtda yoshlardan yaxshi foydalansak bo'ladi, shu sababli bugungi bahsda yosh yigitlarni maydonga tushirgandik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика