So’nggi yangiliklar

11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  1 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   2 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  1 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  2 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  4 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  7 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  5 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  6 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1 00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  8 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  11

Akmal Rustamov: "Ular ayni vaqtda jarohatdan davolanishmoqda" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Ular ayni vaqtda jarohatdan davolanishmoqda"

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hammaga Assalomu alaykum! Qatorasiga uchta mag'lubiyatdan so'ng bugun uyda o'ynadik. Yigitlar bugun mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'qligini yaxshi tushunib turgandi. Yigitlar bugun borlarini berishdi va buning uchun ularga rahmat aytaman. Muxlislarga rahmat. Aytilgan vazifani uddaladik!

Bugungi uchrashuvning boshlang'ich tarkibidan atigi 2 nafar naminal himoyachi maydonga tushdi. Keyingi uchrashuvlarda ushbu muammoni qanday echasiz?

- Haqiqatdan ham hozirda Kumburovich va Vohobovda jarohat bor. Ular ayni vaqtda jarohatdan davolanishmoqda. Ularni tezroq maydonga tezroq qaytishlarini tilab qolaman. Bizda bir nechta yaxshi yosh futbolchilar bor. Ularni shunday o'yinlarda sinab ko'rishimiz mumkin. Yoshlarga ishonch berishimiz kerak. Ular shunday bahslarda o'zlarini ko'rsata olishsa, keyingi o'yinlarda ham imkon beramiz.  Ularga bu katta imkoniyat. Ikkita markaziy himoyachi bo'lmagani sababli bugun Asror G'ofurov markaziy himoyada harakat qildi. Menimcha, u bugun yaxshi harakat qildi va o'ziga berilgan vazifani ajoyib tarzda uddaladi. 

"Mashal" jamoasiga ham bugungi uchrashuvga rahmat aytaman. Ularga keyingi o'rinlarda omad tilayman. Futbolda kimdir g'alaba qozonadi, kimdir mag'lub bo'ladi. Hayot shunday bo'lar ekan.

Avvallari Bozorov zaxiradan maydonga tushsa, hujumga yaqin joyda harakat qilardi. Hozir esa himoyada o'ynamoqda...

- Bozorov istalgan chiziqda harakat qila oladi, u barcha chiziqlarni "yopib bera oladi". U shunday futbolchi. Qaerda "bo'shliq" bo'lsa, uni qo'yib o'ynatsak bo'ladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика