Traore Ukrainaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
04 sen 2020 13:13
Yangiliklar


Traore Ukrainaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
Yaqinda u COVID-19 uchun musbat test topshirgandi.
"Vulverxempton" vingeri Adama Traore COVID-19 uchun musbat test topshirdi, ammo o'yinchi bugun Ukraina terma jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun jamoaga qo'shiladi.
Takroriy tahlillarda kasallik aniqlanmadi. 24 yoshli vinger uchun bu Ispaniya terma jamoasi libosidagi debyut o'yin bo'lishi mumkin.
"Qizil furiya" 6 sentyabrda Madridda Andrey SHevchenko jamoasi bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar