Tuxel "Real"ga qarshi o'yin haqida: "Hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat"
08 may 20:45
Yangiliklar
Tuxel "Real"ga qarshi o'yin haqida: "Hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat"
Bugun "Real" va "Bavariya" ECHLning ikkinchi finalchisini aniqlashadi.
Ushbu o'yindan oldin "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Afsuski, bu "Bavariya" uchun sovrin yutish uchun oxirgi imkoniyat. O'ylaymanki, bu narsa bizni g'alabaga chanqoqroq qiladi. ECHL eng obro'li va o'ta qiyin turnir.
Yarim finalning javob o'yiniga kelayotganingda barchasi tushunarli bo'ladi. Vazifa aniq, oldinga qadam bosim kerak. Ikkala jamoa ham o'yinga borini beradi. Koncentraciya ikki tomonda ham yuqori. O'yinga to'liq qo'shilib ketishimiz lozim. Bu o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin", -deydi Tomas Tuxel.
Malumot uchun, "Real" "Bavariya" o'rtasidagi javob bahsi, bugun soat 23:59 da start oladi.
Fikrlar