So’nggi yangiliklar

17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  36

Timur Kapadze: "Raqibning himoyaviy uslubi bizga qiyinchilik tug'dirdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Raqibning himoyaviy uslubi bizga qiyinchilik tug'dirdi"

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" hozirgi vaziyatidan kelib chiqib borini berdi. Har ikki jamoa harakat qildi. "Bunyodkor" himoyaviy uslub tanladi va bu bizga qiyinchilik tug'dirdi. Durang yomon natija emas deb o'ylayman. Bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. 

- Bundan 10 yillar oldin “Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvida "qaldirg'ochlar" 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi. Keyin "Paxtakor" 3 ta gol urib yutib ketgan. O'sha 3 goldan ikkitasida "Paxtakor" futbolchilari feyr-pleyga amal qilmasdan o'yinni davom ettirganidan keyin urilgandi. Murabbiylar vaqt cho'zish va rostdan jarohat bo'lganini sezishadi. Vaziyatdan kelib chiqib, siz o'yinda feyr-pley qilmasdan to'pni qaytarmaslikni normal xolat deb hisoblaysizmi?

- Bugun kimdir rostdan ham jarohat oldi. Balki vaqt cho'zgandir, bilmadim. Vaqtni ko'proq hakam cho'zdi. 

- Toirovning xolati qanday?

- Yaxshi, hammasi joyida. Futbol oson sport emas, jarohatlar bo'ladi.

- O'zbek futboliga arabcha futbol kirib kelayotgandek. Bu borada fikringiz qanday?

- Bilmadim, bunaqa xolatlar ko'proq bizga duch kelayapti. Balki boshqa o'yinlarda ham bordir. Vaqt cho'zish yomon xolat, men jamoamga shuni tushuntirayapman. Ertaga terma jamoalar bilan o'yinda boshqacha futbol bo'ladi. Futbolchilar mayli, hakam bugun vaqtni juda ko'p yo'qotdi. 

- O'zbekiston hakamlar markazi sizni ham ekspert sifatida tanishtirdi. Vaziyatlar tahlilida qatnashayapsizmi?

- To'g'risini aytsam, bunga vaqtim yo'q. Biz kuzatuvchimiz, o'zi markazda ekspert hakamlar bor. Juda muhim vaziyatlar muhokama qilinayapti. Har turda hakamlik bo'yicha savollar bo'layapti. Hakamlik rivojlansa, bundan futbolimiz yutadi.

- "Bunyodkor” himoyaviy uslub tanlashini kutganmidingiz?

- Bu borada savollar bor edi. Ammo, "Bunyodkor"dan bugun himoyaviy o'yin kutmagandim. Yangi murabbiy keldi, qanday uslubda o'ynashi qiziq edi. Uning uslubi haqida o'rganish olib bordik, avval ishlagan jamoalarini tahlil qildik. 5-2-3 uslubda o'ynadi, bu o'yinni yutsak bo'lardi.

- "Bunyodkor" bosh murabbiyi bugun 2 ochko yo'qotgani haqida aytayapti. Bu borada sizdagi fikr qanday?

- Biz oxirida urganimiz uchun shunaqa fikr bildirgan bo'lishi mumkin. Ertaroq urganImizda, yutib ketishimiz ham mumkin edi. Bunaqa himoyaviy uslub nafaqat biz kabi yosh jamoaga, balki kuchli jamoalarga ham qiyinchilik tug'diradi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика