Eshitdik-da! "Olimpik" futbolchisi legionerga aylandi

Tolibjon Qosimov
13 fev 2025, 15:01
Qishki transfer oynasida yana bir o'zbek futbolchisi legionerga aylandi.

"Championat.asia" ma'lumotiga ko'ra, o'tgan mavsumni "Olimpik"da o'tkazgan vinger Muhsin Bozorov Tojikiston chempioni "Istiqlol" safiga o'tdi. 22 yoshli futbolchi dushanbeliklar bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, Bozorov o'tgan mavsum "Olimpik" safida barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va bitta assist qayd etgan.


Ma'lumot uchun, "Istiqlol" ketma-ket 11 yildan beri Tojikistonda chempion bo'lib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia