Timur Kapadze Turkiyada. Terma jamoamiz ustozi nima uchun Turkiyaga borgani haqida fikr bildirdi
14 fev 08:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814668_original.jpg)
![](/upload/storage/814668_220.jpg)
Timur Kapadze Turkiyada. Terma jamoamiz ustozi nima uchun Turkiyaga borgani haqida fikr bildirdi
Terma jamoamiz ustozi Turkiya safari haqida saytimizga qisqa intervyu berdi.
«Turkiyaga ikki kun avval keldim. Ayni vaqtda yurtimizning ko'plab jamoalari yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu erga o'yinlarni ko'rish, futbolchilarning holati va murabbiylar bilan gaplashgani keldim. Futbolchilarni kuzatishni maqsad qilganman.
Umuman barcha o'yinlarga bormoqdaman. Birinchi «Buxoro»ni o'yinini kuzatdim. Keyin «Neftchi», «Andijon», «Bunyodkor» jamoalarining o'yinini bevosita stadiondan tomosha qildim. Bugun «Nasaf», «So'g'diyona» jamoalari bahs olib boradi. Shu o'yinlarga borishni maqsad qilganman. O'yinlarga borib, futbolchilarning holatini o'rganmoqchiman. Turkiyaga futbolchilarning holatlarini o'rganish maqsadida keldim», — deb fikr bildirdi terma jamoamiz ustozi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar