Timur Kapadze Turkiyada. Terma jamoamiz ustozi nima uchun Turkiyaga borgani haqida fikr bildirdi

Khoja
14 fev 2025, 08:02
Ayni kunlarda O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Turkiyada bo'lib turibdi.

Terma jamoamiz ustozi Turkiya safari haqida saytimizga qisqa intervyu berdi.

Turkiyaga ikki kun avval keldim. Ayni vaqtda yurtimizning ko'plab jamoalari yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu erga o'yinlarni ko'rish, futbolchilarning holati va murabbiylar bilan gaplashgani keldim. Futbolchilarni kuzatishni maqsad qilganman.

Umuman barcha o'yinlarga bormoqdaman. Birinchi Buxoroni o'yinini kuzatdim. Keyin Neftchi, Andijon, Bunyodkor jamoalarining o'yinini bevosita stadiondan tomosha qildim. Bugun Nasaf, So'g'diyona jamoalari bahs olib boradi. Shu o'yinlarga borishni maqsad qilganman. O'yinlarga borib, futbolchilarning holatini o'rganmoqchiman. Turkiyaga futbolchilarning holatlarini o'rganish maqsadida keldim, - deb fikr bildirdi terma jamoamiz ustozi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia