

Murosasiz o'tgan bellashuvda omad “Navbahor”ga kulib boqdi (1:0). Shu tariqa Namangan jamoasining Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 15 ta o'yinga etdi. Timur Kapadze shogirdlari oxirgi marotaba chempionatning 12-turida OKMKga imkoniyatni boy bergan edi (2:3).
Ma'lumot uchun, “Navbahor” navbatdagi to'qnashuvini 20 noyabr kuni Namanganda “Neftchi”ga qarshi o'tkazadi.



