

Timur Kapadze: “Kurashlarga boy, qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, bitta gol bilan bahs masalasini hal qilardik. “Xorazm”ga kelmaganimizga ancha bo'lgandi. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Jamoangiz ko'rsatmalaringizni qay darajada bajara olishdi?
- Bu bahsga tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. To'g'ri, kamchilik va xatolar bo'ldi, albatta, ularni ko'rib chiqamiz.



