Chempionlar ligasi saralashi. "Sabah" keyingi bosqichga chiqdi, Rahmonaliev asosiy tarkibda o'ynadi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2026, 22:37
UEFA Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichi o'yinlari yakuniga etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev to'p tepadigan Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi Finlyandiyaning “Kups” klubi mehmoni bo'ldi. Dastlabki o'yinda 1:0 hisobida zafar quchgan ozarbayjonliklar javob uchrashuvida ham g'alaba qozonishdi. Rahmonaliev bahsni asosiy tarkibda boshladi, 60 daqiqada sariq kartochka oldi va 78 daqiqada almashtirildi. “Sabah” katta ehtimol keyingi bosqichda Polshaning Poznanning “Lex” jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Chempionlar ligasi saralashi. “Kups” (Finlyandiya) - “Sabah” (Ozarbayjon) 0:2
Gollar: Simich 52, Mikels 70.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia