

2022 yilning boshidan buyon u oilasi bilan ushbu mamlakatda doimiy yashab kelmoqda.
48 yoshli ispaniyalik mutaxassis xalqaro aloqalar va futbol bo'yicha direktor lavozimini egalladi. U klubning xalqaro miqyosdagi rivojlanishi, Andorradan tashqaridagi mavqeini mustahkamlash va institucional o'sishi uchun javobgar bo'ladi.
"Karles Puyol xalqaro aloqalar va futbol bo'yicha direktor sifatida klubimizga qo'shildi. Uning kelishi klubning institucional rivojlanishida yangi qadam bo'ladi. Sen bilan birga yanada kuchliroq bo'lamiz!", – deb yozdi klub matbuot xizmati.
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng Puyol "Barselona" sobiq o'yinchisi Ivan de la Penya va yurist Ramon Sostres bilan birgalikda agentlik kompaniyasiga asos solgandi. Shuningdek, 2014/15 yilgi mavsumda u "Barselona" sport direktori Andoni Subisarretaning yordamchisi bo'lib ishlagan.
"Inter Eskaldes" - Andorraning amaldagi chempioni va mamlakat tarixida evrokuboklarning umumiy bosqichiga chiqqan ilk klub. Jamoa 2026/27 yilgi mavsumda Konferenciyalar Ligasida ishtirok etmoqda.



