FIFA World Cup™ Trophy Tour by Coca-Cola. Kristian Karambyo va Karles Puyol yosh futbolchilarga master-klass o'tkazdi

Alisher
6 iyun 2022, 16:15
FIFA World Cup™ Trophy Tour by Coca-Cola loyihasi doirasida Toshkentda bir nechta tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Ularda Jahon chempionati g'oliblari - Kristian Karambyo va Karles Puyol maxsus mehmon sifatida ishtirok etmoqda. Dastavval mehmonlar Jahon chempionati kubogini o'zbekistonlik yosh futbolchilarga namoyish etish orqali ularga motivaciya berish, shuningdek, master-klass o'tkazish uchun Bunyodkor akademiyasi maydoniga tashrif buyurishdi. Jahon futboli afsonalari yoshlarimiz bilan suhbatlashib, ular bilan birgalikda futbol o'ynadilar. E'tiborli jihati, mazkur uchrashuvni Jahon chempionatlari rekordchisi, sobiq FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi. 

Uchrashuv yakunida barcha esdalik uchun suratga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia