

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli gretsiyalik futbolchi yangi chaqiruvga tayyor. U o'zini yangi muhitda sinab ko'rmoqchi.
Futbolchi eng ehtimoliy variantlardan biri sifatida Ispaniya chempionatini ko'rmoqda. Ayrim klublar Kostasni sotib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
Cimikas 2020 yilda "Liverpul"ga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 4,5 million evroga baholamoqda.



