"Manchester Yunayted"ning yangi murabbiyi Pochettino "Liverpul"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi

19 noya 2026, 11:05
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'zining tayinlanishi haqida gapirdi va klub boshqaruvidagi "Liverpul"ga qarshi debyut uchrashuvidan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

Angliya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan bahs yakshanba, 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi, jamoalar "Enfild" stadionida maydonga tushishadi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lish - bu imtiyoz. Va biz vaqtni behuda sarflamayapmiz. Yakshanba kungi o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak. Hozir dam olish haqida o'ylaydigan, uyqu haqida o'ylaydigan vaqt emas.

"Enfild"dagi o'yinga eng yaxshi holatda yetib borish uchun bor e'tiborni tayyorgarlikka qaratish lozim", - dedi Pochettino klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar