Timo Verner: "APL – eng qiziqarli chempionat, ammo ko'plab nemislar La Ligada muvaffaviyat qozonishgan"

16 yanv 2020, 23:57
"RB Leyptsig"ni tark etishi kutilayotgan Timo Verner o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ayni paytda menda ketish xohishi yo'q.

Ammo aytishim kerakki, albatta, Premer-liga – eng qiziqarli chempionat. APL o'yinlarini tomosha qilganingizda yoki u yerda o'ynaganingizda qandaydir o'ziga xos narsasi borligini his qilasiz.

Biroq Sami Xedira va Mesut O'zil singari ko'plab nemislar Ispaniyada muvaffaqiyat qozonishgan", – deydi Verner.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi a'zosi "Chelsi" va Madridning "Real" klubi qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. U Bundesliganing joriy mavsumi davomida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol va 6ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun