Ten Xag zaxirada qolayotgan Ronaldu haqida: “Unga ham do'st, ham ustozman”
04 sen 2022 10:00
Yangiliklar
Ten Xag zaxirada qolayotgan Ronaldu haqida: “Unga ham do'st, ham ustozman”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag shogirdi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Men unga do'st, bazida esa ustoz bo'laman. Bu vaziyatga bog'liq. Barchamizga malumki, u mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qatnashmadi va buni o'tkazib yuborish mumkin emas. Bu ayniqsa, biz ko'rsatadigan o'yin uslubimizning asosi bo'ladi. Bu talablarga, o'yinchilarning maydondagi o'ziga xos joylashuviga bog'liq. Boshqa jihat esa jismoniy holat”, deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli portugaliyalik joriy mavsum APLda beshta uchrashuvda maydonga chiqib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi. U bir marta asosiy tarkibda bahsni boshladi.
Fikrlar