"Manchester Yunayted" yozda "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi
23 fev 19:39
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" yozda "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi
"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisi Alexandro Baldening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Angliya klubi futbolchi jamoa sxemasiga ideal tarzda mos tushadi deb hisoblaydi. "Barselona" bosslari Balde juda ham qadrlashadi. Ammo, kataloniyaliklar rad qilib bo'lmas taklif berilsa, ispanni sotish bo'yicha taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Alexandro Balde "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi Kataloniya jamoasi tarkibida 111ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 13ta assist qayd etdi. O'yinchining "ko'k-anorranglilar" bilan mehnat kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 50 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar