"Arsenal" Moyze Kinni 52 mln evroga xarid qilishi mumkin Yangiliklar

"Arsenal" Moyze Kinni 52 mln evroga xarid qilishi mumkin

"Arsenal" "Fiorentina"ning 24 yoshli forvardi Moyze Kinga qiziqish bildirmoqda.

Italiyalik futbolchining shartnomasida kelayotgan yozda 52 mln evrolik tovon puli faollashadi. Shu bilan birga, Kin uchun "Tottenxem" va "Aston Villa" ham jang taklif qilishi mumkin.

Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 2ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика