

"Hech kim Angliya Premer-ligasida 100 ochko jamg'ara olmaydi va ketma-ket to'rt bor yuta olmaydi. Bu hayotligimda ro'y bermaydi, afsus", - dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" APLning 2017/18 yilgi mavsumida 100 ochko jamg'argan. "Shaharliklar" shuningdek 2020/21 yilgi mavsumdan beri chempion bo'lib kelishdi.
Gvardiola jamoasi bugun, aniqrog'i 23 fevral kuni APLning 26-turida "Liverpul" bilan to'qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.



