Gretsiya va Germaniya terma jamoalari Millatlar ligasi 4-turida g'olibni aniqlay olishmadi

5 okt 2026, 01:40
Gretsiyadagi uchrashuvda hisob ochilmadi.

UEFA Millatlar ligasi (A ligasi) 2026/2027 yilgi mavsum guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan Gretsiya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Jamoalar Gretsiyaning Saloniki shahridagi "Tumba" stadionida kuch sinashdilar. Uchrashuvda fransiyalik Kleman Tyurpen bosh hakamlik qildi. Bahs nursiz durang bilan yakunlandi - 0:0.

32-daqiqada Germaniya terma jamoasi hujumchisi Jonatan Burkardt gol urdi, ammo VAR yordamidan so'ng maydon markazida qoida buzilgani sababli ushbu gol bekor qilindi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Gretsiya: Colakis, Kulerakis, Mavropanos, Kurbelis, Masuras, Saliakas, Zafeyris, Cimikas, Kiziridis, Pavlidis, Ioannidis.

Germaniya: Urbig, Tshau, Anton, Raum, Troy, Pavlovich, Bishof, Sherxant, Karl, Virc, Burkardt.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia