ECHL. Mbappe xet-trik qilgan kechada "Real" "Manchester Siti"ga imkon qoldirmadi, Husanov to'liq o'ynadi
20 fev 02:53
Yangiliklar


ECHL. Mbappe xet-trik qilgan kechada "Real" "Manchester Siti"ga imkon qoldirmadi, Husanov to'liq o'ynadi
Madridda "Real" jamoasi "Manchester Siti"ni qabul qildi. Unda "Qirollik klubi" katta ustunlikka ega bo'ldi va 3:1 hisobida g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldi. Hamyurtimiz Abduqodir husanov o'yinni to'liq maydonda o'tkazdi.
ECHL
Pley off
19.02.2025, 01:00
"Santyago Bernabeu", Madrid
"Real" - "Manchester Siti" 3:1
Gollar: K.Mbappe (R.Asensio) 4, (Rodrigo) 33, (F.Valverde) 61 - N.Gonsales 90+2
Bosh hakam: Ishtvan Kovach
"Real": 1.Tibo Kurtua; 8.Federiko Valverde (4.David Alaba, 90), 22.Antonio Ryudiger, 35.Raul Asensio, 23.Ferlan Mendi, 14.Orelen Tchuameni (10.Luka Modrich, 83), 19.Dani Sebalos (6.Eduardo Kamavinga, 78), 5.Jud Bellingem, 11.Rodrigo, 7.Vinisius Junior (16.Endrik, 90), 9.Kilian Mbappe (21.Braim Dias, 78).
Zaxira: 13.Andrey Lunin, 34.Serxio Mestre, 15.Arda Guler, 17.Lukas Vaskes, 18.Valexo, 20.Fran Garsiya.
"Manchester Siti": 31.Ederson Moraes, 3.Ruben Diash, 5.Jon Stounz (6.Natan Ake, 8), 24.Yoshko Gvardiol, 45.Abduqodir Husanov, 14.Niko Gonsales, 19.Ilkay Gyundogan (8.Mateo Kovachich, 78), 20.Bernardu Silva, 47.Fil Foden (87.Jeyms Makati, 77), 7.Omar Marmush, 26.Savino.
Zaxira: 18.Shtefan Ortega, 33.Skott Karson, 9.Erling Xoland, 10.Jek Grilish, 11.Jeremi Doku, 17.Kevin De Bryuyne, 27.Mateus Nunes, 82.Riko Lyuis.
Ogohlantirishlar: J.Bellingem 38 - I.Gyundogan 28, N.Gonsales 47
Real Madrid Kylian Mbappe - 4', Kylian Mbappe - 33', Kylian Mbappe - 61' |
Champions League Final Stage . 1/16-tur 20/02/2025, 01:00 1
:
3
Tugadi
|
Manchester City Nico Gonzalez - 90' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 77023 tomoshabin
Bosh hakam: Istvan Kovacs
Tugadi. "Real" keyingi bosqichda.
Gol inobatga olindi - 3:1.
90+2 - GOOOLLL! Marmushning jarimadan yo'lagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Niko Gonsales bo'sh darvozaga kiritdi. VAR ko'rib chiqmoqda.
89 - Marmushning jarimadan yo'llagan zarbasi Ryudigerni nokdaun qildi.
87 - Zarbaaa, Husanov Raul Asensioning oyoqlari orasidan aldab ketidan kuchli zarba yo'lladi. Himoyachilar blok qo'yishdi, ehh...
85 - Rodrigoning zarbasi kuchsiz chiqdi.
80 - Kovachichning aniq zarbasini kurtua ushlab oldi.
Ikkinchi bo'limda Husanov Vini bilan kurashlarni asosan yutyapti.
76 - Zarbaaa, Fodenning uzoq masofadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Kurtua qaytardi.
74 - Zarbaa, Vinisiusning aylanma zarbasini Ederson qaytarib yubordi.
73 - Vinidan kuchli va noaniq zarba.
67 - Fodendan juda ham noaniq zarba.
- Bugun Mbappe o'yindan keyin to'pni o'zi bilan uyiga olib ketadi.
61 - GOOOLLL! Kilian Mbappedan xet-trik! O'yinga mantiqiy nuqta qo'yildi. "Real" bugun o'yin bo'yicha ham, hisob bo'yicha ham ancha oldinda.
57 - Zarbaaa, Mbappe xet-trik qayd etishi mumkin edi, Ederson bunga halal berdi.
56 - Yaxshiii, Vinisius va Husanov ikkinchi bor tezliklarini sinab ko'rishdi. Yana Abduqodir to'pni Vinidan oldin egallab oldi.
55 - Husanov to'p Vinigacha o'tishiga yo'l qo'ymadi.
53 - Rodrigoning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasini Ederson qaytardi.
49 - Rodrigoning zarbasi noaniq.
47 - Niko Gonsales ochiqchasiga Vinining shortigidan ushlab tortib qoldi va sariq kartochka oldi hakamdan.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
"Real"ning katta ustunligida o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus.
40 - Yaxshiii, Vinisius va Husanov tezlikda yugurib ko'rishdi. Abduqodir Vinidan o'tib ketib to'pga ega chiqdi.
38 - Fodenga nisbatan qo'pollik uchun Bellingem ogohlantirildi.
33 - GOOOLLL! Kilian Mbappedan dubl - 2:0. Ikki kishi bo'lib Husanov bor joyda gol urib ketishdi. O'yin tomonlama "Real" juda katta ustunlikka ega bo'lmoqda.
30 - Husanov bu safar Vinining Rodrigoga pasini ushlab qoldi.
29 - Zarbaaa, Tchuamenining pasidan keyin Mbappedan zarba, Kurtua bu safar seyv ijro etdi.
28 - Sariq, Rodrigoga ishlatilgan fol uchun Gyundogan ogohlantirildi.
27 - Judning Mbappega bergan pasini Husanov oyog'i bilan ushlab qoldi, barakalla.
23 - Endi Jud Husanovni qiynashga urindi, bular asosan hamyurtimizga bosim qilyapti)
22 - Yaxshi, Abduqodir avvaliga havodan kelayotgan to'pni boshi bilan urib yubora olmadi, lekin keyin to'pni Vinidan olib qo'ydi.
20 - Mbappedan yana bir zarba, "Real" vaziyatlar borasida ancha oldinda.
15 - Zarba, Bellingemning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.
14 - Vini Husanovdan qochib pas berdi, xavf bartaraf etildi.
11 - Husanov hujumga qo'shilishni boshladi, uning pasini Mendi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
- Ake markaziy himoyaning chaprog'ida to'p epadi, chunki u chapaqay. Ruben diash esa markaziy himoyaning o'ngrog'iga ko'chadi.
7 - "Siti"da yana jarohat, Stounz shikastlandi va uning o'rniga Natan Ake tushmoqda.
4 - GOOOLLL! Kilian Mbappe o'yindagi birinchi zarbadayoq to'pni Edersonning ustidan oshirib qo'ydi - 1:0.
1 - Husanov o'ng qanot himoyachisi rolida, uning chekiga Vinisius va Mbappeni zararsizlantirish tushadi.
Ekranlarga yaqinroq joylashib oling, o'yin boshlandi. Bugun dunyo bo'yicha eng ko'p tomoshabin yig'adigan uchrashuvda o'zbek o'g'loni maydonda to'p tepadi. Boshladik.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi.
- Abduqodir "Bernabeu" chiqish yo'lakchasida turibdi, etlaringiz jimirlab ketyaptimi...
- Bu jamoalarning Manchesterda bo'lib o'tgan bahsida madridliklar so'nggi daqiqalarda kambek qilib ketishgan edi. Bugun esa "shaharliklar" kambek qilish uchun maydonga tushadi.
- Bugungi 2 raqibning o'zaro to'qnashuvlari statistikasi quyidagicha: "Real" 4 g'alaba, "Manchester Siti" 4 g'alaba, 5 durang.
- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun katta futbol oqshomi, hamyurtimiz Abduqodir Husanov Chempionlar ligasining pley-off o'yinlarining eng markaziysida, finaldan oldingi final maqomiga teng deyilgan to'qnashuvda boshlang'ich tarkibda tushadi.
O’xshash yangiliklar
