Bellingemga qizil bergan hakam besh yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin
20 fev 2025 10:35
Yangiliklar
Bellingemga qizil bergan hakam besh yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin
Ispaniya qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Real va Osasuna o'rtasidagi bahsni (1:1) boshqargan hakamga qarshi tergov boshladi.
La Liganing 24-turidan o'rin olgan o'yinda Xose Munuera Montero 40-daqiqada madridliklar yarim himoyachisi Jud Bellingemga qizil kartochka ko'rsatgan, ikkinchi bo'limda esa Pamplona klubi foydasiga penalti belgilagandi.
ASʼning yozishicha, RFEF Monteroning notijoriy faoliyatini rasman tekshirishni boshladi.
Gap shundaki, hakam Tashkilot konsalting va sport boshqaruviga ixtisoslashgan «Talentus Sportss» firmasi asoschisi hisoblanadi. Uning mijozlari ro'yxatida «Atletiko», «Manchester Siti», «Aston Villa» va PSJ kabi jamoalar bor.
Agar qandaydir noqonuniy holatlar aniqlansa, hakam 100 ming evrogacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar