Bellingemga qizil bergan hakam besh yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin

Khoja
20 fev 2025, 10:35
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Real va Osasuna o'rtasidagi bahsni (1:1) boshqargan hakamga qarshi tergov boshladi.

La Liganing 24-turidan o'rin olgan o'yinda Xose Munuera Montero 40-daqiqada madridliklar yarim himoyachisi Jud Bellingemga qizil kartochka ko'rsatgan, ikkinchi bo'limda esa Pamplona klubi foydasiga penalti belgilagandi.

ASʼning yozishicha, RFEF Monteroning notijoriy faoliyatini rasman tekshirishni boshladi.

Gap shundaki, hakam Tashkilot konsalting va sport boshqaruviga ixtisoslashgan Talentus Sportss firmasi asoschisi hisoblanadi. Uning mijozlari ro'yxatida Atletiko, Manchester Siti, Aston Villa va PSJ kabi jamoalar bor.

Agar qandaydir noqonuniy holatlar aniqlansa, hakam 100 ming evrogacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com