So’nggi yangiliklar

20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  0 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  4 20:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм" 0:0 (Матнли транслация)  4 20:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  18 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  1 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  2 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  13 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  16 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   15

Srechko Katanec: "SHveciya bilan o'yinda ko'proq ijobiy, kamroq salbiy narsa kashf qilmoqchiman" Yangiliklar

Srechko Katanec: "SHveciya bilan o'yinda ko'proq ijobiy, kamroq salbiy narsa kashf qilmoqchiman"

O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda SHveciya poytaxti Stokgolm shahrida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Bosh murabbiy Srechko Katanec SHveciya bilan o'yinga tayyorgarlik haqida O'FA matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Hammasi ajoyib. Men O'FAga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Boisi tashkilotchilik jarayoni juda ham alo darajada. O'yinchilar o'z ishlari bilan band. Bizda boshqa muammo yo'q. Faqat Javohir Sidiqovning jarohatidan biroz tashvishlanmoqdaman. O'ylashimcha u tez orada safga qaytadi. O'yinga tayyormiz. SHveciyaga bo'lgan parvozimiz uzoq kechdi, deya olaman. SHu bois kecha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. O'yingacha barchasi o'z iziga tushib ketadi. 

Men hali o'yinchilarning umumiy holatining 5 foizidan ham xabardor emasman. O'rtoqlik uchrashuvlari aynan shuning uchun tashkil qilinmoqda. Mana shunday bahslar orqali ularning qanday formadaligi, holati bilan tanishamiz. Bizni juda qiyin bellashuv kutmoqda. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvdan o'zim uchun ko'proq ijobiy, kamroq salbiy narsalarni kashf qilaman. Mashg'ulotlar emas, haqiqiy o'yin bizning qandayligimizni ko'rsatib beradi",- deydi Katanec. 


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика