So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  276 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

SHomurodovning A Seriyaga o'tish tarixi haqida qiziq malumotlar Yangiliklar

SHomurodovning A Seriyaga o'tish tarixi haqida qiziq malumotlar

Pandemiya bo'lmaganida, ehtimol, hammasi boshqacha bo'lar edi.

So'nggi yillarni inobatga olsak, bu transfer oynasi RPL uchun o'ziga xos bo'ldi – birdaniga 2 futbolchi top-ligalarga ravona bo'ldi. Rus matbuoti Aleksey Miranchukning "Atalanta"ga transferi haqida ko'p yozdi. Endi Sports.ru Eldor SHomurodovning faoliyati va uning "Rostov"dan "Jenoa"ga o'tishi bilan bog'liq barcha tafsilotlarga to'xtalib o'tdi. 

***

Eldor SHomurodov agentlari bilan Toshkentdagi birinchi uchrashuvdayoq Evropaga ko'chib o'tish istagi haqida aytgan – o'shanda u "Bunedkor"da o'ynar, RPL haqida o'ylab ham ko'rmagandi.

"ProSports Management" O'zbekistonning asosiy yulduzini topishi bejiz emas: 2000 yillarning o'rtalarida German Tkachenko boshchiligidagi kompaniya yarim himoyachi Marat Bikmaevni ("Krylya Sovetov", "Rubin", "Spartak-Nalchik" va "Alaniya"da o'ynagan), 2010 yillarning boshida esa Odila Ahmedovni Rossiyaga olib kelgan. Qolaversa, 2017-yilda "Bunyodkor"ni boshqarayotgan Mirjalol Kosimov Tkachenko prezidentligi davridan "Krylya" sardori bo'lgan.  

"Eldor birinchi uchrashuvga otasi va amakisi Ilhom bilan kelgandi. Biz bilan asosan Ilhom orqali muloqot qilishdi – Eldor rus tilida hozirgiga nisbatan yomonroq gapirar, otasi esa tilni umuman bilmasdi", – deb eslaydi SHomurodovning agenti Qahhor Mo'minov.

Tez orada ular 2 bosqichli strategiya bo'yicha kelishib oldilar: dastlab, "Bunyodkor"dan RPLga yo'l olish, keyin – Evropa. SHu tufayli SHomurodov Osiyodan kelgan barcha takliflarni rad qildi: uning oldida Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA variantlari bor edi.

"ProSports Management" SHomurodovni Rossiyaning ko'plab jamoalariga taklif qildi – Eldor uchun bor-yo'g'i 200 ming evro to'lanishi kerak edi. Agentlar nishonidagi klub allaqachon yosh futbolchilarni rivojlantirib, reklama qilib sotadigan jamoaga aylangan "Ufa" edi. Ammo SHamil Gazizov bir necha bor SHomurodovdan bosh tortdi.

German Tkachenko intervyularidan birida Eldorning o'yini aks etgan lavhani Aleksandr Kerjakovga ko'rsatganini eslaydi: "O'shanda Sasha "Zenit" tarkibida futbolchi sifatida so'nggi mavsumni o'tkazgan, ammo yosh futbolchilarning iqtidorini bir qarashda anglay olardi. SHomurodovga qarab shunday degandi: "Ha, bu ikkinchi Andrey Yarmolenko".

Ehtimol, hozir SHomurodovni Yarmolenko bilan taqqoslash kulgili tuyular, ammo 2017 yilda Kerjakov haq bo'lgan: Eldor O'zbekistonda asosan hujumning chap qanotida o'ynardi. "ProSports Management" rus klulariga Eldor markaziy hujumchi sifatida o'ynay olishi mumkinligini tushuntirdi – chunki u 2-qavatda kuchli va raqib darvozasiga teskari holatda ham yaxshi o'yin ko'rsatardi. 

2017 yilning yozida SHomurodov "Rostov" bilan shartnoma imzoladi: sport direktori Aleksey Riskin va bosh murabbiy Leonid Kuchuk Eldorga ishonch bildirdi.

"Rostov"dagi qiyin start – SHomurodov qanot himoyasida ham o'ynadi. Osiyo kubogi hammasini o'zgartirib yubordi

Birinchi yarim yil davomida SHomurodov atigi 4 o'yinni startda boshladi, u 5-2-2-1 sxemasida hujum ortida o'ynadi. Kuchuk boshchiligidagi himoyaga ixtisoslashgan "Rostov" Eldorning rivojlanishiga yordam berolmadi. Jamoa 19 o'yinda atigi 16 ta gol urgandi.

2018 yilning yozida Kuchuk o'rnini Valeriy Karpin egalladi. U "Rostov"ga islandiyalik hujumchi Born Sigurdarsonni olib keldi. SHomurodovda tarkibda joy yo'q edi, ammo u mavsum oxirida RPLdagi ilk gollarini urdi: 2018 yilning avgustida "Tosno" darvozasiga. 

"Artur Yusupov va SHomurodov bir paytda "Rostov"ga kelishgan edi. Men Artur bilan taxminan 15 yildan beri tanishman. Adashmasam, birinchi o'quv-mashg'ulot yig'inidan keyin u meni chaqirdi: "Kimni olib keldingiz? U hech narsa qilolmaydi". Bir necha haftadan keyin Yusupov yana qo'ng'iroq qildi va uzr so'radi. U SHomurodov formaga kirgani va imkoniyatlari endi ko'rina boshlaganini aytgandi", – eslaydi Mo'minov.

2018 yilning mayida "Tosno" ijara shartnomasini taklif qildi, keyin "Orenburg" va "Arsenal" (Tula) varianti paydo bo'ldi. 

SHomurodov "Rostov"da qoldi, avgust oxirida klubga islandiyalik yana bir forvard keldi – Vidar Kyartansson. Eldor qishki tanaffusga qadar atigi 5 o'yinni asosiy tarkibda boshladi. SHomurodov hatto "Sizranya" jamoasiga qarshi kubok o'yinida himoyaga qo'yilgan edi. 

"Bu qiyin va g'ayrioddiy vaziyat, ammo baribir futboldan zavq oldim. Agar siz qanot himoyachisi sifatida o'ynasangiz, ko'p yugurishingiz kerak. "Sizranya" bilan o'yinda himoyaga qaytmaslik mumkin edi. SHuning uchun meni himoyaga qo'yishdi", – tushuntirgandi SHomurodov 2019 yilning kuzida bergan intervyusida.

Hammasi 2019 yilning birinchi yarmida o'zgardi. Yanvarda garchi O'zbekiston terma jamoasi o'z yurishini 1/8 finalda to'xtatgan bo'lsa-da, SHomurodov Osiyo Kubogi to'purarlar ro'yxatida 2-bo'ldi. Eldor guruhning barcha o'yinlarida gol urdi: Turkmanistonga dubl, Ummon va Yaponiya darvozasiga bittadan. 

"Rostov"ga qaytib, 2018/19 yilgi mavsumning bahorgi qismida faqat 2 ta gol urdi, ammo ikkalasi ham muhim vaziyatda urildi: "Spartak" bilan o'yinda g'alaba keltiruvchi, "Krasnodar" bilan muhim o'yinda durangni taminlagan gollar.

2019 yilning yozida "Rostov" 4-3-3 taktik sxemasiga o'tdi, SHomurodov nihoyat Sigurdarsonni asosiy tarkibdan siqib chiqardi. 

Germaniyadan taklif. CSKA Eldorni CHalovning o'rinbosari sifatida ko'rgan edi

2019/20 yilgi mavsum starti SHomurodov uchun qoyilmaqom bo'ldi: 9 o'yinda 7 gol. Avgust oyida "Rostov"ga Evropa klublaridan ilk jiddiy taklif keldi – "SHtutgart"dan.

"SHtutgart" sport direktori Sven Mislintat SHomurodovni 2016 yilda "Borussiya D"ning bosh skauti bo'lib ishlagan paytida payqagan edi (Malumot uchun, Dortmundga Xummels, Levandovski, Kagava, Obameyang singari futbolchilarni aynan Mislintat olib kelgan). O'sha yilning iyulida "Borussiya"ning ikkinchi jamoasi O'zbekiston olimpiya termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi. Mislintat qanotda faollik ko'rsatayotgan SHomurodovni payqagan va Kerjakov singari Andrey Yarmolenkoga o'xshatgan.  

Takidlanishicha, "SHtutgart" 8 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra transfer amalga oshsa, Bundesliganing 2-divizioni rekordi takrorlanardi. Bunga qadar faqat "Leypcig" rahbariyati "Verder"ga Devi Zelke uchun 8 mln to'lagan edi (2015 yilning iyuli). 

"Rostov" nemislarning taklifini rad qildi, Eldor tomon ham bu qarorni bamaylixotir qarshiladi. "Biz 2019 yilning yozi va 2020 yilning qishini "Rostov" uchun atadik, chunki bir paytlar RPLning boshqa klublari rad qilgan paytda ular SHomurodovga ishonch bildirishgan edi. Biz "Rostov"dan Evropaga o'tishni xohlashimizni hech qachon yashirmaganmiz, ammo buni mos vaqtda amalga oshirishimiz kerak edi", – deydi Qahhor Mo'minov.

Qayd etilishicha, 2019 yilning avgustida CSKA ham "Rostov"ga taklif yuborgan. CHunki "armiyachilar" forvardi Fyodor CHalov "Kristal Pelas"ga ketishni rejalashtirayotgan edi. CHalov Londonga ketmadi, ammo SHomurodov Moskvaga etib borgan edi. "Unda bir-ikki kun hordiq chiqarish imkoniyati bor edi. Uchchalamiz uchrashdik: Eldor, men, German. Albatta, biz har doim Evropaga yo'l olish uchun tuzilgan strategiyamizni eslardik. O'sha uchrashuvda yana bir bor o'sha fikr tasdiqlandi: "Kattaroq rus klubiga o'tish bu erda yana 2-3 yil qolishni bildiradi. 28 yoshda "ko'hna qita"dan munosib takliflar bo'lmasligi mumkin. Osiyo – unday emas, u erga istalgan paytda borishingiz mumkin. Agar o'shanda dastlabki rejadan voz kechsak, hozir afsuslanib o'tirishimiz mumkin edi", – eslaydi Mo'minov.   

2020 yilning qishida "SHtutgart" yangi taklif bilan chiqdi. Garchi "ProSports Management" vakillari muhokama uchun Germaniyaga tashrif buyurgan bo'lsa ham, "Rostov" yana rad javobini berdi. 

Tomonlar yozda takroran muzokara o'tkazishga kelishib olishdi, koronavirus pandemiyasi "SHtutgart"ga jiddiy tasir qildi – klub mavsumning to'xtatilishi va o'yinlarning bo'sh stadionlarda o'tkazilishi tufayli 30 mln evro yo'qotdi. 

Bundesligaga qaytgan bo'lishiga qaramay, moliyaviy jihatdan qiyin havolga tushib qolgan "SHtutgart" faqat Nikolas Gonsales (o'tgan mavsum 14 ta gol urgan 22 yoshli vinger) sotilgan taqdirda SHomurodovni xarid qila olardi. Ammo nemis klubi argentinalik futbolchini olib qolish va Bundesliga o'yinlari orqali uning narxini ko'tarishga qaror qildi.

2020 yilning yozida "Rostov" "Gent"dan taklif oldi – yangi bombardir Jonatana Devidni "Lill"ga (27 mln) sotib yuborgan belgiyaliklar 5 millionlik so'rov yuborishgan edi. Bu taklif klub rahbariyatini qoniqtirmadi.

"Jenoa"ga transfer. Kelishuv tunda yakunlandi – SHomurodov allaqachon uxlagandi, lekin hujjatlarni imzolash uchun "Rostov" ofisiga kelishga majbur bo'ldi

2020 yilda SHomurodov faqat 2 ta gol urdi – fevralda "Axmat"ga, sentyabrda "Makkabi" darvozasiga. "Albatta, chaqiruvlar soni kamaydi. Ilgari jamoalar bizga tez-tez qo'ng'iroq qilgan bo'lishsa, endi tashabbusni o'z zimmamizga oldik. Eldor ketishni istadi, ammo biz qishni yoki 2021 yilning yozini kutishga tayyor edik", – tan oldi Tkachenko. 

29 sentyabr kuni "Sport Italia" telekanali SHomurodov tez orada 8 mln evro evaziga "Jenoa"ga o'tishini elon qildi. Keyingi kun "Metaratings" "Fiorentina" va "Verona"ning takliflari tufayli transfer to'xtatilishi mumkinligini elon qildi (har 2 klub "Rostov"ga taxminan 10 mln evro taklif qilgan, deyiladi manbada). 

Sports.ru xabariga ko'ra, na "Rostov", na "ProSports Management" "Fiorentina" yoki "Verona"dan hech qanday taklif olmagan. Faqat italiyalik agent Alessandro Lippi "Rostov"ga qo'ng'iroq qilib, tez orada takliflar kelishi va ular "Jenoa" taklif qilganidan kattaroq bo'lishini aytgan. 

"Lippining ishi uning maqomi va imidjiga mutanosib emas. Biz "Fiorentina" va "Verona"ga qo'ng'iroq qildik – ha, qiziqish bor ekan, ammo ikkala klub ham ayni paytda transferga tayyor emasdi", – deya tushuntirdi German Tkachenko. 

Natijada, 1 oktyabr kuni "Rostov" matbuot xizmati SHomurodovning "Jenoa"ga o'tayotganini elon qildi. Muzokaralar 1 haftaga cho'zilmagan: italyanlar juma kuni (25 sentyabr) taklif yuborgan, "Rostov" uni rad etgan. Keyin SHomurodov jamoaning sport direktori Aleksey Riskin va prezident Artashes Arutyunyanc bilan suhbatlashdi. Dushanba kuni (28 sentyabr) "Rostov" rahbariyati rozilik berdi.

Keyingi 2 kun davomida klublar shartnoma tafsilotlarini kelishib olishdi. "SILA International Lawyers" yuridik firmasining hamkori Mixail Prokopec jarayon haqida shunday dedi: "Biz muzokaralarni chorshaba kuni yakunlamoqchi edik. Haqiqatan ham shunday bo'ldi, barcha masala hal qilindi. Ammo SHomurodov yo'q edi. Kechki 12 da biz Eldorga qo'ng'iroq qilib uyg'otdik va u ofisga qaytib, hujjatlarni imzoladi".

Muzokaralardagi asosiy muammo to'lovlarni to'lash vaqti edi: "Rostov" barcha mablag'ni darhol olishni istadi, "Jenoa" esa bo'lib to'lash variantida turib oldi. "Jenoa" rahbariyati Italiyada yaxshi obro'ga ega emas – ular transfer mablag'larini doim ham o'z vaqtida to'lashmaydi. SHu tufayli "Rostov" shartnomaga to'lovlarni to'lamaslik bilan bog'liq bir nechta bandni qo'shdi – italyanlar rozi bo'ldi. "ProSports Management" vakillari SHomurodovni top-ligalarga olib chiqish o'zlari uchun qanchalik muhimligini ko'rsatishdi. Bitimning malum foiziga ega bo'lgan agentlar SHomurodovning manfaatlarini o'zlarinikidan ustun qo'yishdi – o'z ulushlarining to'lovi 2022 yilga qadar kechiktirilishiga rozi bo'lishdi", – tushuntirdi Mixail Prokopec. 


Takidlanishicha, "Rostov" taxminan bir yilda o'z ulushini to'liq miqdorda oladi. 

***

SHomurodov "Jenoa"da 61-raqamda o'ynaydi (61 – Rostov viloyatining raqamli kodi). 

Eldor uchun Rossiyani nafaqat orqasidagi raqam esga soladi – malum bo'lishicha, "Jenoa" bosh direktorining rafiqasi Mixail Gorbachyovning Italiyaga birinchi safari paytida tarjimon sifatida xizmat ko'rsatgan. Klubda rus oilasida tug'ilgan va rus tilida yaxshi so'zlasha oladigan Viktoriya ismli qiz ham ishlaydi. Bundan tashqari "Jenoa" italyan, o'zbek va rus tillarini biladigan koreys ayolini topdi – u Eldorga jamoaga moslashish uchun yordamlashadi. 

SHomurodov jamoaga tezroq ko'nikish uchun italyan tilini o'rganadi – u allaqachon rusiyzabon o'qituvchi topgan. Rostovda Evropaga ketishga tayyorlanayotgan SHomurodov malum darajada ingliz tilini o'rganib, rus tilini yaxshilagan edi.

Eldor Italiyada qanday o'yinlar namoyish qiladi, ko'ramiz. SHomurodovning A Seriyadagi debyuti 19 oktyur kuni "Verona"ga qarshi bahsda sodir bo'lishi mumkin. Ungacha esa kutishga majburmiz.


Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика