So’nggi yangiliklar

17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  1 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  3 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  1 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  5 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  8 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  3 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  1 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  1 14:07Рауль Германиядан таклиф олди  0 13:40"Ўлдирса ҳам ош ўлдирсин". Доҳада Ўзбекистон U-23 терма жамоаси аъзоларига ош берилди  24 13:15Жасур Абдураимов: "Олимпиадага чиққанимиз ортидан рақибларнинг бизга нисбатан ҳурмати ошади"  9 12:45Германия терма жамоаси аъзоси "Бавария"да ўйнамоқчи  0 12:21U-23 Осиё кубоги. Яна бир легионеримиз клуб ихтиёрига жўнаб кетмоқда  37

SHohruz Norxonov - "Navbahor"dan tushgan taklif, Belarus klubiga bormasligi va bu yilgi intriga haqida Yangiliklar

SHohruz Norxonov - "Navbahor"dan tushgan taklif, Belarus klubiga bormasligi va bu yilgi intriga haqida

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi poytaxtimizda yangi mavsumga taraddudni qizg'in ravishda davom ettirmoqda.

Jamoaning asosiy tarkibining o'zagi saqlanib qolingan. SHuningdek, Qozog'iston klublarining qiziqshlari doirasiga tushgan Ulug'bek Baqoev  "So'g'diyona" bilan birga. "Navbahor"ga o'tishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar yangragan SHohruz Norxonov jizzaxliklar safida faol tarzda mashg'ulotlarni olib bormoqda. Hujumchi biz bilan bo'lgan suhbat jarayonida "So'g'diyona"da ekanligi, legionerga aylanish masalasi va joriy yilgi Superliga qanday o'tishi haqida fikrlarini bildirib o'tdi. 

- O'tgan mavsum "So'g'diyona" uchun omadli kelgani shubhasiz. O'sha kayfiyat jamoa azolarida saqlanib qolingani ko'rinib turibdi...

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. 2021 yilgi natija tarixda qoldi. Endilikda ikkinchi o'rinni unutgan holda navbatdagi maqsad sari qadam tashlashimiz kerak bo'ladi. Buning uchun, ko'rib turganingizdek, mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Tarkibda yangi futbolchilar bor. Ular hozircha ko'rikda bo'lib turishibdi. Jamoa azolari yaqinda yig'ildi. Ikkinchi o'rinni olganimizdan keyin bundan buyog'iga maqsadimiz faqat yuqori bo'ladi. Pastga tushishga haqqimiz yo'q. 

- Qishki transferlar vaqtida ayni paytga qadar sizga bir qator jamoalardan takliflar kelib tushgani haqida eshitdik.  Barchasiga aniqlik kiritib o'ta olasizmi?

- To'g'ri. Oldimda 3-4 ta takliflar bor edi. Ayni paytda o'z jamoamdaman. Xorijdan ham chorlovlar bo'lib turibdi. Hozircha takliflarni o'ylab ko'ryapman. Agarda barchasi ko'ngildagidek yakunlansa, legionerga aylanaman yoki "So'g'diyona"da qolaman. 

- "Navbahor" sizga taklif bilan chiqqani rostmi?

- Ha. Namangan klubidan taklif bo'ldi. 

- Legionerga aylanishingiz ehtimoli haqida so'z ochdingiz. O'zingizni qaysi chempionatda sinab ko'rishni rejalashtirmoqdasiz? So'nggi ikki yilni oladigan bo'lsak, Belarus klublarida o'zbekistonlik futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilmoqda...

-  Niyatim Belarus chempionati emas. Bordiyu, jamoadan ketsam, arab jamoalariga yo'l olishim mumkin. Hali yoshim o'tgan, deb hisoblamayman. Rossiya klublaridan kelgan takliflarni ham o'ylab ko'raman. 

- Qishki transferlar oynasida klublar olib borayotgan harakatdan nimani taxmin qilish mumkin?

- Joriy yilda Superliga juda qiziqarli kechadi. Buni taxmin qila olaman. CHunki barcha jamoalar kuchayishga erishmoqda. Jamoalarga evropalik murabbiylar kelyapti. Intriga ancha kuchli bo'ladi. Bir narsani aytishim mumkin, avvalgidek chempionlikni kim olishini oldindan sezish qiyin. Ko'rasiz, hech kim kutmagan jamoa birinchi o'rinni oladi. Albatta, bu mening fikrim. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика