"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari Xorvatiyaga boradi
01 may 2024 15:40
Yangiliklar
"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari Xorvatiyaga boradi
Bir yillik tanaffusdan so'ng "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari Xorvatiyaning bir qator shaharlarida bo'lib o'tadigan ananaviy "Dalmatinko Cup" xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.
Bolalar va qizlar o'rtasidagi xalqaro turnirda bir nechta yosh toifasidagi 200 ga yaqin jamoa 3500 dan ziyod futbolchi qatnashadi. Ularning orasida "qaldirg'ochlar" ham borligi etiborga molik. Ahamiyatlisi, klub tarbiyalanuvchilari 2022 yil ilk bor mazkur xalqaro musobaqada qatnashgan va uchta yosh toifasidagi jamoalari yuqori natijalarni qayd etgan edi. Iyun oyining ilk kunlarida start oladigan "Dalmatinko Cup" turnirida mamlakatimiz shanini Miraziz Mirzaahmedov (2011 yil) ustozligidagi "Bunyodkor" akademiyasi vakillari himoya qiladi. "Qaldirg'ochlar"ga guruhda "Genk" (Belgiya), "Hayduk" (Xorvatiya) va "Olimpiya"(Sloveniya) jamoalari raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar